OFERTA

OMMAVIY OFERTA

 
fanvatalim.uz – «FAN VA TA'LIM» Xalqaro, pedagogik, ilmiy-metodik, ma’naviy-ma’rifiy jurnalining elektron nashri. Jurnal O‘zbekiston axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan ro‘yxatga olingan:

Elektron nashr ISSN: 2181-1687

Elektron nashr Guvohnoma raqami: 1388

Bosma nashr ISSN: 2181-2691

Bosma nashr Guvohnoma raqami: 1470

ELEKTRON NASHR GUVOHNAMA QR-KOD

 

BOSMA NASHR GUVOHNAMA QR-KOD

 

Avtorizatsiyadan o‘tgan foydalanuvchilarning ma'lumotlari texnik yordam ko‘rsatish maqsadida faqat serverda saqlanadi. Va uchunchi tomonga uzatilmaydi.

1. Elektron online nashrning sayt, tahririyat, online jurnal deb atalashi bir xil ma'noni anglatadi. Saytda maqolalar har kuni nashr etib boriladi. Saytimizda chop etiluvchi maqolalar (keyingi o‘rinda material deb yuritiladi) soni cheklanmagan. Saytdan to‘liq foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tish kerak. Ro‘yxatdan o‘tmasangiz, saytdan to‘liq foydalana olmaysiz. Ya’ni saytda faqat ro‘yxatdan o‘tgan obunachilarning maqolalari va materiallari chop etiladi.

2. Muallif tahririyat muharrirlari kiritgan tahrir va imlo xatolardagi tuzatishlarga rozilik bildiradi. Matriallarning mazmunan to‘g‘riligiga va plagiat emasligiga muallif shaxsan javobgar hisoblanadi. Qoniqarsiz maqolalar nashr etilmaydi. Saytda moderatorga yuborilgan materialni ko‘rib chiqib, qoniqarli yoki qoniqarsizligini aniqlash va materialni chiqazish uchun har bir belgi (bayt)ga 2 (ikki so‘m) so‘mdan dastlabki to‘lov amalga oshiriladi. Material hajmi kichik bo‘lgan taqdirda, dastlabki minimum to‘lov 9796 (to‘qqiz ming etti yuz to‘qson olti) belgi uchun amal qiladi. Agar maqola jurnalning talabi va formatiga mos kelmasa, ko‘rib chiqish uchun o‘tkazilgan summa qaytarilmaydi. Ushbu summa o‘sha materialning ko‘rib chiqish uchun ketgan vaqt va xarajat to‘lovi hisoblanadi. Agar material tahririyatni qoniqtirsa, ya'ni muharirlar ijobiy baholasa, material nashr etiladi va buning uchun har bir belgiga 5 (besh) so‘mdan asosiy to‘lov amalga oshiriladi. Asosiy to‘lovda ham minimum 9796 (to‘qqiz ming etti yuz to‘qson olti) belgi uchun amal qiladi. To‘lov amalga oshirilgan zahoti material nashr etiladi.*   
3. Material nashr etilgach, bu haqda muallifning shaxsiy kabinetiga to‘lov qilish haqida bildirishnoma yuboriladi. Maqolaning saytda ko‘rinishi uchun maqola muallifi shaxsiy kabineti orqali clik yoki payme ilovasidan saytdagi o‘z maqolasining hajmi (bayt) dan kelib chiqib, hisoblangan mablag‘ni to‘lov sifatida sayt hisob raqamiga o‘tkazadi. To‘lov amalga oshirilgach, maqola saytda avtomatik tarzda ko‘rinadi.*

4. Ilmiy maqolalar ko‘rib chiqilishi va nashr etilishi yuqoridagi (2.&) bandda ko‘rsatilgan tartibda amalga oshiriladi. Eslatib o‘tamiz, ilmiy maqolalar uchun to‘lov miqdori o‘zgarishi mumkin. *

Shuni unutmaslik kerakki, “Fan” bo‘limida ilmiy maqolalar, “Ta’lim” bo‘limida esa ta’limga oid metodik, ma'naviy-ma'rifiy maqolalar nashr etiladi.
(Qoniqarsiz maqolalar malakali muharrirlar hamkorligida qayta ko‘rib chiqilgach, chop etilishi mumkin.)

5. Moliyaviy-iqtisodiy tomonlarni inobatga olgan holda tahriryat fanvatalim.uz da elektron nashr etilgan matriallarni to‘plam, qog‘oz yoki bosma shaklda nashr etib mualliflarga berishga majbur emas. Matriallar faqat fanvatalim.uz da tahriryat tomonidan belgilangan to‘lov evaziga nashr etiladi. Nashr etilgan matriallar uchun sertifikat berish yoki bermaslik huquqi tahriryatda qoladi.

6. E-kutibxonadan sotib olingan elektron kitoblar faqat shaxsiy kabinetda ochiladi. Qurilmalarga yuklanmaydi.

* Amalda emas.

{{text}}

{{text}}

{{text}}

{{text}}