FANVATALIM ELEKTRON JURNALIDAN FOYDALANISH NAMUNASI
1. fanvatalim.uz elektron jurnalidan foydalanish uchun foydalanuvchi registratsiyadan o‘tishi kerak. Buning uchun fanvatalim.uz ga kirib, SHAXSIY KABINET tugmasi bosiladi. 1-rasm.
1-rasm.
2. Ro‘yxatdan o‘tish tugmasi bosiladi. 2-rasm.
2-rasm.
Ushbu havola orqali ham https://fanvatalim.uz/uz/sign-up/ kirish mumkin.
3. Anketa to‘ldirilib foydalanuvchining ma’lumotlari kiritiladi. Login va parolni diqqat bilan kiritish zarur. Chunki login va parol foydalanuvchiga har doim kerak bo‘ladi. Login, parol va e-mailni biror joyga saqlab qo‘ygan maqul.
4. Hoziroq ro‘yxatdan o’tish tugmasi bosiladi. Shunda quyidagi oyna ochiladi: 3-rasm.
3-rasm.
5. Telefon raqamingizga yoki e-mail pochtangizga kelgan kodni (1 daqiqa ichida keladi) kiritib, telefon raqamingizni tasdiqlaysiz. URA! Sizda shaxsiy kabinet yaratildi.
6. Shaxsiy sahifada “maqola yuborish” va “mening maqolalarim” bo‘limlari bor va ular orqali maqola yozish, yuborish, chop etish mumkin. Bundan tashqari chop etilgan va nashrga tayyorlangan maqolalar ham shu sahifada saqlanadi.
5. Foydalanuvchining asosiy jurnal bilan aloqalari shaxsiy sahifa orqali amalga oshiriladi. Chunki “Fan” bo‘limida ilmiy maqolalar, “Ta’lim” bo‘limida esa ta’limga oid metodik va publisistik, ijodiy maqolalar nashr etiladi. Foydalanuvchi ilmiy yoki pedagogik faoliyatidan kelib chiqib, mutaxassislik fanlarini tanlab, ushbu yo‘nalishlari doirasida maqolalarini yuborishi mumkin. Eslatma: Shaxsiy sahifangizdan faqat o‘zingiz foydalaning! Parolni yodda tuting! Agar sahifangizga kirishda muammolar bo‘lsa, jurnal moderatoriga murojaat qiling!