0
1 396
PDF

MELIORATSIYA TADBIRLARI - YUQORI HOSILDORLIK GAROVI

Annotatsiya

Ushbu maqola qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini yanada barqaror rivojlantirish, meliorativ ishlarni takomillashtirish, ularning hosildorligini oshirish va shu asosda qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini oshirish, shuningdek, meliorativ ishlarni tashkil etish va moliyalashtirishni takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan.

Kalit so'z

drenaj,sho’rlangan yerlar, meliorativ kadastr,

Har qadamda yangilanishlar, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishlar bo‘layotgan bizning hozirgi zamonimizda shubilan birvaqtning o‘zida suv xo‘jaligi tizimida xam raqamli texnologiyalarining o‘rni va yerlarning meliorativ xolati bo‘yicha izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Takidlash joizki O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 29-oktabrdagi PF-3932-son Farmoniga muvofiq hamda sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash dasturlarini sifatli shakllantirishni va o‘z vaqtida amalga oshirishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilingan. Va bu borada Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilashning har yilgi manzilli dasturlarini shakllantirish, kelishish va tasdiqlash sxemasi ishlab chiqilgan[1].

Qishloq xo‘jaligi ekinlaridan kafolatli hosil olish uchun avvalambor meliorativ tadbirlarni o‘tkazish orqali olish mumkin. Chunki respublikamizda mavjud sug‘oriladigan yerlarning 55% ga yaqini sho‘rlangan hisoblanadi. Shunday ekan yerning meliorativ holatini yaxshilash uchun meliorativ tadbirlar asosiy rol o‘ynaydi. 

Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha Andijon viloyati misolida ko‘radigan bo‘lsak; meliorativ ob’ektlarda amalga oshirilayotgan tizimli ta’mirlash va tiklash tadbirlarining ijrosi bo‘yicha 2020-yil 30-dekabr holatiga ma’lumotga qaralsa, Andijon viloyati tumanlaridagi tik drenaj quduqlarini ta’mirlash-tiklash ishlarida 2020-yil shartnoma qiymati 311.8 mln so‘m bo‘lgan mablag‘ ajratilgan. Oldingi yillarga nazar soladigan bo‘lsak 2008-2012 yillarda bajarilgan rekonstruktsiya qilish va qurish hamda tizimli ta’mirlash tiklash ishlari natijasida 217,5 ming gektardan ortiq maydonda yer osti suvlari sathi pasaytirib, meliorativ holatni barqaror saqlash va 5,2 ming gektar-dan ortiq sug‘oriladigan maydonlarning meliorativ xolatini tubdan yaxshilashga erishildi. Sug‘oriladigan maydonlarning sho‘rlanish darajasini pasaytirish bo‘yicha erishilgan natijalar. 2007- yilda kuchli sho‘rlangan maydonlar 12,6 ming gektarni tashkil qilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2012-yilga kelib 9,0 ming gektarni tashkil qildi, ya’ni 3,6 ming gektarga kamaydi. Shuningdek, o‘rtacha sho‘rlangan maydonlar 2007-yilda 75,7 ming gektarni tashkil qilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2012-yilga kelib 64,3 ming gektarni tashkil qildi, ya’ni 11,4 ming gektarga kamaydi. Meliorativ kadastr bo‘yicha qoniqarsiz maydonlar 2007-yilda 46,6 ming gektarni tashkil qilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2012-yilga kelib 32,0 ming gektarni tashkil qildi, ya’ni 14,6 ming gektarga kamaydi. Meliorativ holati yaxshi yerlar 2007-yilda 27,5 ming gektarni tashkil qilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2012-yilga kelib 35,1 ming gektarni tashkil qildi, ya’ni 7.6 ming gektarga ko‘paydi. 

Umuman oldingi yillarda viloyatga melioratsiya tadbirlarini bajarish uchun har yili o‘rtacha 1,5-2,0 mlrd. so‘m miqdorida mablag’ ajratilib kelingan bo‘lsa, Dastur qabul qilingandan so‘ng uning miqdori bir yilga o‘rtacha 17 mlrd. so‘mga yetdi. 

Yer (tuproq) tirik organizmdir. Shuning uchun ham unga asosiy hayotiy faktorlar – suv, havo, ozuqa, yorug‘lik va issiqlik zarur. Bu faktorlar optimal darajada bo‘lsa, ekilgan ekindan ko‘zda tutilgan hosilni olish mumkin. 

Yuqoridagi unsurlar bir-biriga uzviy bog‘liqdir. Ulardan birining buzilishi qolganlarining ham izdan chiqishiga sabab bo‘ladi. Ayniqsa, tuproqning suv rejimi asosiy faktorlardan hisoblanadi. Shundan kelib chiqib – melioration – so‘zi yaxshilash degan ma’noni anglatadi. Demak, melioratsiya bu tashkiliy xo‘jalik va sotsial iqtisodiy tadbirlar majmuasi bo‘lib, noqulay gidrologik tuproq, gidrogeologik va agroiqlim sharoitlarini yaxshilashga qaratilgandir. Uning asosiy maqsadi yer va suv resurslaridan samarali foydalanishdir. Melioratsiyaning rivojlanishi juda qadim tarixga borib taqaladi. Arxeologlarning aniqlashicha bundan o‘n ming yillar muqaddam daryo toshqinidan foydalanib yerlarni loyqa bostirish natijasida yer unumdorligini oshirish usuli qo‘llanilgan. Chuchuk suv resurslari yer yuzida juda notekis taqsimlangan bo‘lib, o‘rta osiyo mamlakatlarida juda katta suv tanqisligi mavjud. Vaholanki bu mamlakatlarda qishloq xo‘jalik mahsulotlarning asosiy qismi yetishtiriladi. 

O‘zbekiston bo‘yicha 4,206 mln. ga qishloq xo‘jaligida ishlatib kelinayotgan sug‘orma yerlar mavjud bo‘lib, har bir kishiga 0,18 – 0, 20 ga yer to‘g‘ri keladi. Shu jumladan, Qashqadaryo viloyatida 487 ming ga yerlar sug‘oriladi. Suv nafaqat qishloq xo‘jaligida balki, sanoat, kommunal xo‘jalik sohalarida ham foydalanilganligi tufayli suv tanqisligi yanada kattaroq ahamiyat kasb etadi. Shu tufayli suvdan tejab – tergab foydalanish maqsadida quyidagilarni joriy etish zarur: 

- suv tejaydigan texnologiyani joriy etish; 

- birlik yergavabirlik hosilga sarflanadigan suv miqdorini kamaytirish; 

- kanallar tizimi FIK va yerdan foydalanish samaradorligini oshirish; 

- sizot suvlari sathini zax qochirish me‘yori darajasida ushlab turish (drenaj).

Aholini qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlash uchun potensial yuqori hosil olishimiz, buning uchun esa, agrotexnik, meliorativ tadbirlar bilan birga xo‘jaliklarda moddiy, tashkiliy bazani ham mustahkamlash zarur.

Potensial hosil ko‘rsatkichi bo‘lib, tuproq boniteti xizmat qiladi. Bunda begona o‘tlar bosganligi, sho‘rlanish darajasi va mahalliy, ma’danli o‘g‘itlar bilan ta’minlanganligi hisobga olinadi. Shuning uchun barcha yerlarda pasportizatsiya qilish ishlari bajarilishi zarur. Bundan tashqari sholi ekinlari maydonlarini qisqartirish, suv kam talab qiluvchi ekinlar ekish va adir, tog‘oldi zonalarida bog‘, uzumzorlar barpo etish ham yaxshi samara beradi. 

Keyingi yillarda yoppasiga yangi yerlar o‘zlashtirish, Amudaryo va Sirdaryo suvining asosiy qismini yangi yerlarga berish natijasida o‘zlashtirilgan va unga yaqin joylashgan maydonlar meliorativ holati keskin yomonlasha boshladi. Sug‘orish rejimiga amal qilmaslik, sug‘orish tarmoqlari texnik holati qoniqarsizligi va suv hisobi yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligi oqibatida sizot suvlari sathi keskin ko‘tarila boshladi. Bu o‘z navbatida yerlar sho‘rlanishiga sabab bo‘ladi. 1997 yilgi ma’lumotlarga ko‘ra respublika bo‘yicha 1970,7 mln. ga sho‘rlangan yerlar mavjud bo‘lib, shundan 1117,7 mln. ga kam sho‘rlangan, 611,2 ming. ga o‘rtacha sho‘rlangan va 241,8 ming. ga yerlar esa, kuchli sho‘rlangandir. Yaqin kelajakda sug‘oriladigan yerlar 4,8 mln ga yetsa shundan 3,8 mln. ga yerdrenaj o‘tqazishga muhtoj bo‘ladi.

Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, qishloq xo‘jaligida melioratsiyaning o‘rni beqiyosdir. Davr o‘tishi bilan barcha sohalarda yangi zamonaviy texnika va texnologiyalar kirib kelmoqda. Albatta bu yangi texnika va texnologiyalar mavjud texnologiyalardan farq qilib, bajariladigan ishlarnig sifati unumdorligi uzoq muddatga xizmat qilishi tan narxi va hokozolar bilan afzalliklarda ega. Yuqoridagilarni inobatga olganda yangi texnika va texnologiyalarni qo‘llashda mutaxassis kadrlar muhim ro‘l o‘ynaydi. Shu sababli mutaxassislar tayyorlashda eng ilg‘or texnologiyalarni shuningdek zamonaviy texnikalarni o‘rgatish ishlab chiqarishni rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Masalan biz hozirgi paytda ham ishlab chiqarishimizda ayrim hududlarda o‘tgan asrning 50-60 yillarida ishlab chiqarilgan texnikalardan foydalaniladi. Bu texnikalar birinchidan ma’naviy va jismoniy eskirgan inson omiliga ta’sir etuvchi talablarga to‘liq javob bermaydi. Shunigdek yoqilg‘i sarfi xizmat ko‘rsatish ishlarining noqulayligi sababli bunday texnikalarning samaradorligi past. Bunday texnikalarning o‘rnida zamonaviy texnikalar qo‘llanilsa yuqorida keltirilgan kamchiliklar to‘liq bartaraf etiladi. Mavjud texnika va texnologiyalar doimiy takomillashtirilib borilishi lozim. 

Har qanday eng zamonaviy texnologiyalarning ham ma’lum bir yutuqlari va kamchiliklari bo‘ladi. Albatta yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashda eng so‘nggi takomillashgan zamonaviy texnika va texnologiyalarni o‘rgatish muhim rol o‘ynaydi. Misol uhun hozirda qo‘llaniladigan gidravlik ekskavatorlarning ish unumdorligi yuqori bo‘lib barcha qo‘yilgan talablarga javob beradi (boshqarishning qulayligi, qisqa muddatda ish sikllarini amalga oshirilishi, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash imkoniyatlarining qulayligi, ko‘pga chidamliligi va hokazo.

 

FOYDALANILGAN MANBA

[1] 2007-yil 29-oktabrdagi PF-3932. Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha loyihalarni shakllantirish, ishlabchiqish, ekspertizadano‘tkazish, tasdiqlash va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga ilova. https://lex.uz/files/3464983

1
0
0

Muallif haqida ma'lumot

ID: 3386774525

Nurullayev Zohirbek
  • Mamlakat O`zbekiston

  • Mutaxassislik Qishloq xo‘jaligi

  • Ilmiy daraja Ilmiy darajasiz

  • Ilmiy unvon Ilmiy unvonsiz

Fikrlar

Fikrlar

Qiymatni tanlang
Kommentariy qoldirish administrator tomonidan bloklangan

Sharhlar faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar tomonidan qo'shilishi mumkin. Kirish Yoki Roʻyxatdan oʻting