0
1 064
PDF

YASHIL IQTISODIYOTNING ASOSIY KOMPONENTLARINI STATISTIK HISOBINI YURITISHNING DOLZARB MUAMMOLARI

Annotatsiya

Maqolada yashil iqtisodiyotga o‘tishda iqtisodiyotning eng asosiy komponentlarini statistik hisobini yuritishning dolzarb muammolari yoritilgan. Yashil iqtisodiyot statistikasini takomillashtirish mamlakatda yashil investitsiyalarni jalb qilishga xizmat qilishiga oid xulosalar berilgan.

Kalit so'z

Yashil iqtisodiyot, yashil statistika, korbon izi hisobi, chiqindisiz texnologiyalar, yashil investitsiyalar, yashil innovatsiyalar.

YASHIL IQTISODIYOTNING ASOSIY KOMPONENTLARINI STATISTIK HISOBINI YURITISHNING DOLZARB MUAMMOLARI

 

Komiljon Qoʻziyev

Toshkent Xalqaro Universiteti “Iqtisodiyot va moliya”

kafedrasi dotsenti (PhD) 

 

Yashil iqtisodiyot chiqindisiz texnologiyalar asosida iqtisodiy va ijtimoiy faoliyat yuritishni talab qiladi. Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda va atrof-muhitni asrashda esa chiqindilarni hisobini yuritish va ularning manbalarini aniqlash juda muhim hisoblanadi. Bunda qaysi turdagi iqtisodiy faoliyat atrof-muhitga qancha miqdorda chiqindi chiqaradi va uning salbiy ta’sirini qanday qilib yumshatish mumkin, kabi savollarga javob topish zarur. Yashil iqtisodiyot va ekologiya fanlarida chiqindilar karbonat angidrid, uglerod dioksidi (СО2) ekvivalenti hisobida yuritiladi. Karbonat angidrid gazi sun’iy Issiqxona effektini hosil qiluvchi asosiy zararli modda hisoblanadi. Karbonat angidrid gazi insonlarni iqtisodiy va ijtimoyi faoliyatida ishlatadigan yoqilg‘ilaridan ajralib chiqadi. Masalan, avtomobilda 1 litr benzinni yoqish – 1,93 kg CO2 ekvivalentidagi chiqindi chiqarilishiga yoki 1 kg ko‘mir yoqilishi atmosferaga 2,8 kg COekvivalentidagi zaharli gaz chiqindi chiqarilishiga sabab bo‘ladi. Atmosferada Issiqxona effektini hosil qiluvchi gaz chiqindilarining hajmini ortishi, Yer yuzida tabiiy issiqlik balansini buzadi va Iqlim o‘zgarishiga (Global isish) olib kelishi mumkin. 

Global isish karbonat angidrid (CO2) va boshqa havoni ifloslantiruvchi moddalar atmosferada toʻplanib, quyosh nurlari va yer yuzidan tushgan quyosh nurlarini oʻzlashtirganda sodir boʻladi.

«O‘zbekiston – 2030» strategiyasida 2030-yilga borib 2010-yilga nisbatan yalpi ichki mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan CO2 emissiyasini 35 foizga kamaytirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan[1]. Shu sababli zararli gaz chiqindilarini hisobini yuritish muhimdir.

Yashil iqtisodiyotga o‘tishdagi eng dolzarb masalalaridan biri. 

Yashil iqtisodiyot sharoitida bir iqtisodiy sub’ekt, uy xo‘jaligi, korxona yoki makroiqtisodiyot doirasida turli yonilg‘ilarni ishlatishi natijasida atmosferaga chiqariladigan zararli gazlar hisobini karbon izi kalkulyatori usulida aniqlash va ularni kamaytirish bo‘yicha chora tadbirlar ishlab chiqish dolzarb ahamiyatga ega.

Yoqilg‘i yonishidan chiqadigan СО2 chiqindilari Iqlim o‘zgarishlariga olib keluvchi issiqxona gazlari chiqindilarining asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Ko‘mir, gaz, neft mahsulotlari va torfni yoqish paytida zararli СО2 chiqindilari hajmi ularning qaysi turini ishlatishga va ishlatilgan yoqilg‘i miqdoriga bog‘liq. Bunda ayrim turdagi yoqilg‘ilar kamroq va ayrimlari esa ko‘proq СО2 emissiyasiga sabab bo‘ladi. Shu sababli bir iqtisodiy sub’ekt, uy xo‘jaligi yoki korxona doirasida qaysi turdagi yoqilg‘ilarni ishlatmoqda va atrof-muhitga qancha zararli gaz chiqarganiligini hisobini yuritish dolzarb ahamiyatga ega. 

Bu yerda hisoblar Iqlim o‘zgarishlari bo‘yicha hukumatlararo ekspert guruhining[2] korbon izi kalkulyatori (carbon footprint) usuli yordamida amalga oshiriladi. Jumladan, ushbu uslubiyotga ko‘ra, “hisobot (bazaviy) yil uchun energiya resurslaridan foydalanganda СО2 ekvivalentida qayta hisoblash koeffitsientlari – ya’ni bir tonna yoqilg‘i yoqilganda atmosferaga qancha СО2 kirishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarida quyidagi me’yorlar keltirilgan: 1 kVt/s Elektr energiyasi yoqilishi natijasida – 0,0006 kg СО2, 1 m3 tabiiy gaz yoqilishi natijasida – 1,9 kg СО2, 1 kg past navli ko‘mir yoqilishi natijasida – 1,5 kg СО2, 1 litr Mazut yoqilishi natijasida – 3,1 kg СО2, 1 litr Dizel yonilg‘isi – 3,1 kg СО2, 1 litr Avtomobil benzinidan – 3 kg СО2, 1 kg O‘tinni yoqishdan esa 0,9 kg СО2  zararli chiqindi gazlari atmosferaga chiqarilar ekan.

Uglerod izi (carbon footprint) – bu maʼlum bir inson yoki korxona faoliyati natijasida hosil bo‘lgan issiqxona gazlari chiqindilarining miqdori. Uglerod izi nafaqat bevosita, balki bilvosita CO2 chiqindilarini ham hisobga oladi. Bevosita chiqindilar yoqilg‘ining yonishidan xosil bo‘ladi.

Masalan, elektr transport vositalaridan foydalanish jarayonida ajralib chiquvchi CO2 miqdori nolga teng bo‘lgani bilan, elektr energiyasini ishlab chiqarishda hosil bo‘luvchi uglerod dioksidini nazardan chetda qoldirmaslik lozim. Shunday ekan, “yashil” deb ataluvchi elektromobillar zararli gazlarni kamaytirish o‘rniga aksincha, ko‘paytirib yubormaydimi degan savol tug‘iladi.

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti ekspertlari respublika hududida benzin va dizel yonilg‘isi asosida harakatlanuvchi avtotransport vositalari tomonidan atmosferaga chiqarilayotgan CO2 miqdorini aniqlashga qaratilgan tadqiqot o‘tkazgan va 2020-yilda bunday avtotransport vositalari chiqargan zararli gazlar emissiyasi 7,69 million tonnaga teng bo‘lganini hisoblab chiqqan[3].

Ushbu ekspertlarning fikriga ko‘ra, elektr dvigatelli avtotransport vositalarida esa xuddi shuncha masofani bosib o‘tishda 4,99 mln. tonna CO2 ajralib chiqargan bo‘lar edi. Bundan ko‘rinib turibdiki, elektromobillardan foydalanish orqali atmosferaga chiqarilayotgan CO2 emissiyasini 2,7 mln. tonnaga kamaytirish mumkin. Bir yirik daraxt yiliga taxminan 25 kg CO2 ni zararsizlantirishi mumkinligi hisobga olinsa, bu miqdordagi chiqindilarni zararsizlantirish uchun 108 million daraxt kerak bo‘ladi.

Yashil iqtisodiyotga o‘tishda turli shakldagi (qattiq va gazsimon) chiqindilarni hisobini yuritish va ularning manbalarini aniqlash qanday natijalar beradi?

Qaysi turdagi iqtisodiy faoliyat atrof-muhitga qancha miqdorda chiqindi chiqaradi? va uning salbiy ta’sirini qanday qilib yumshatish mumkin? kabi savollarga javob topishga yordam beradi.

Yashil iqtisodiyot statistikasini takomillashtirishga xizmat qiladi.

Yashil investitsiyalarni jalb qilishga xizmat qiladi.

Yashil innvotsiyalarni to‘g‘ri yo‘naltirishga xizmat qiladi.

Keng jamoatchilikni muammoli joylarga jalb qilib muammoni bartaraf etish mumkin bo‘ladi.

Barcha iqtisodiy sub’ektlarni yashil iqtisodiyotga oid kerakli va zaruriy ma’lumotlar bilan ta’minlashga xizmat qiladi.

Bu borada dastalbki xarakatlarni ta’lim muassalalarda bilim oluvchilar o‘rtasida targ‘ib qilish juda muhim. Jumladan:

talabalarda atrof-muhitga zarar keltiruvchi yonilg‘ilar haqida tassavur uyg‘otish.

Uglerod izi (carbon footprint), Global isish karbonat angidrid (CO2) tushunchalari to‘g‘risida va ularni hisobini yuritish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish.

“Uglerod neytralligi” haqida tushuncha hosil qilishi va unga erishish bo‘yicha xulosalar, takliflarni shakllantirish, yashil iqtisodiyotga o‘tishda yashil ta’limni rivojlantirishda ijobiy natijalar olib kelishi mumkin.

 


[1] O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi PF-158-sonli “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risidagi Farmonidan olingan.

[2] «Руководящих принципов националных инвентаризаций парниковых газов МГЭИК»

[3] Abdusattor Abdumuminov “Yashil” avtotransport haqiqatan ham CO2 emissiyasini kamaytira oladimi? (O‘zbekiston misolida tahlil). https://imrs.uz/files/news/ru/964670.pdf

0
0
0

Muallif haqida ma'lumot

ID: 4859849030

Qo'ziev Komiljon
  • Mamlakat O`zbekiston

  • Mutaxassislik Iqtisodiyot

  • Ilmiy daraja Fan nomzodi (falsafa doktori-PhD)

  • Ilmiy unvon Dotsent (katta ilmiy xodim)

Fikrlar

Fikrlar

Qiymatni tanlang
Kommentariy qoldirish administrator tomonidan bloklangan

Sharhlar faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar tomonidan qo'shilishi mumkin. Kirish Yoki Roʻyxatdan oʻting

{{text}}

{{text}}

{{text}}

{{text}}