0
1 714
PDF

MUSTAQILLIK DAVRI QISSALARIDA KONFLIKT (SIRLI MUALLIM QISSASI MISOLIDA)

MUSTAQILLIK DAVRI QISSALARIDA KONFLIKT

("SIRLI MUALLIM "QISSASI MISOLIDA)

 

Nosirova Hilola Sherzod qizi

  JDPUning O‘zbek tili va adabiyoti talabasi 

 

 

Konflikt – lotincha so‘z bo‘lib to‘qnashuv degan ma’noni anglatadi[1]. Ma’nosidan ham ko‘rishimiz mumkinki bu asardagi personajlarning o‘zaro kurashlari, qahramonlarning o‘z muhiti va ruhiyatida kechuvchi qarama-qarshilik tushuniladi. Badiiy asar markazida inson obrazi turganligi bois inson hayotida mavjud bo‘lgan konfliktlarning barchasi asarda o‘z aksini topadi.

Mustaqillik davri o‘zbek adabiyotida qissa janri rivojlanib bormoqda. Qissalarda hayotning murakkab qirralari, shaxs va jamiyat o‘rtasidagi kanfliktlar ham talqin qilinmoqda. T.Boboyev konflikt so‘ziga quyidagicha ta’rif beradi. “Konflikt – badiiy asarda ishtirok etuvchi shaxslar o‘rtasidagi yuzma-yuz kurash qahramonlarning o‘z atrofini qurshab olgan muhiti, o‘z-o‘zi bilan ruhiy to‘qnashuvi, olishuvi. Konflikt-syujetni harakatga keltiruvchi asosiy kuch”[2]

Konflikt badiiy asar qahramonlarining harakterini ochishda muhim ahamiyatga ega. Konfliktning asosan uchta turi farqlanadi:

1. Xarakterlararo konflikt

2. Qahramon va muhit konflikti

3. Ichki konflikt

 Konfliktning ushbu turlari asarda aralash holda keladi va o‘zaro aloqada bo‘ladi. Biri ikkinchisiga o‘tadi biri ikkinchisini keltirib chiqaradi.

Ushbu maqolada Luqmon Bo‘rixonning “Sirli muallim” asarida obrazlar o‘rtasida yuz beradigan ziddiyatlar, qahramonlarning ruhiyatida kechadigan konfliktlar haqida fikr yuritamiz.

Luqmon Bo‘rixon bir qancha qissa va romanlar yozgan bo‘lib, ular orasida “Sirli muallim” qissasi alohida ahamiyatga ega. Ushbu asar har bir millatning kelajagi bo‘lgan yoshlarning ziyoli bo‘lishini chin dildan istagan va o‘z imkoniyati darajasida kurashayotgan o‘qituvchi – Najot G‘aybulla haqida. Najot G‘aybulla baland bo‘yli, kelishgan yuzlaridan nur yog‘ilib turadigan, orasta kiyinadigan yigit. Shuningdek bu asarda bir qancha obrazlarni uchratamiz bular Maktab direktori Qalqonov, Norxol Xushboqova, Boymurodov, Xurramovich kabi obrazlardir. Najot G‘aybulla millat kelajagini o‘ylagan holda o‘quvchilar ta’lim olishlari uchun qo‘lidan kelganicha yordam beradi. O‘quvchilarni kitob bilan ta’minlaydi. Bolalar dars muhitini his qilishlari uchun sinf xonalarini jihozlar bilan jihozlaydi. Lekin bu o‘qituvchining atrofida uni ko‘rolmaydigan, unga hasad qiladiganlar ham uchraydi. Xurramovich va Ulash “agranom shoir” kabi insonlar uning qilayotgan ishlariga shubha bilan qaraydi. Shu o‘rinda Ulash “agranom shoir” obraziga to‘xtalib o‘tsak. U birgina Najot G‘aybulla haqida fikr bildirmasdan maktabdagi hamma o‘qituvchilar haqida gapirib o‘tadi. “Umuman, xurmatli tergovchi, maktabda nosog‘lom muhit bor. Qalqonov, Norxol, Buymurodovlar ozaro jinoiy guruh. O‘qituvchi kadrlar yetishmaydigan bahona ostida dars soatlarini bo‘lib olishgan. Hali ona suti og‘zidan ketmagan, qay go‘dagi kollej - mollejni amal taqal bilan bitirib kelgan qizlarni ham qabul qilgan. Hammasi shu uchovining qarindoshi, hammasi ko‘rsavod”[3]. Asarni o‘qish jarayonida ushbu gaplarni ko‘rgan vaqtimizda ular o‘rtasida ziddiyat mavjudligini tushunamiz. Ular o‘rtasida konflikt yuzaga keladi. 

 Shuningdek asarda jamiyat va o‘qituvchilar o‘rtasidagi konfliktni ham ko‘rishimiz mumkin. O‘sha davrdagi muhit o‘qituvchilarga bo‘lgan munosabat orqali bu oydinlashadi. Hattoki Qalqonov domla bir o‘quvchiga siz al’ochi o‘quvchisiz kelajakda o‘qituvchi bo‘lasiz deganda boshqa bolalar uning ustidan kulishadi. Bundan ko‘rinadiki o‘ qituvchiga bo‘lgan munosabat o‘ta darajada past bo‘lgan. Buning yana bir isboti Boymurodov dam olish vaqtida bir insonning uyida ishlagan kam vaqtda topgan puli uni oilasini bir yil taminlashga yetardi. Shundan ham ko‘rinadiki o‘qituvchining oyligi ro‘zg‘orga yetmagan, balki shu uchun ham o‘qituvchilar dars qanday o‘tishdan ko‘ra oilamni qanaqa qilib taminlayman deb o‘ylab yaxshi dars o‘tolmagan. Bu esa jamiyat va o‘qituvchi o‘rtasida konfliktni yuzaga keltirgan.

Asarda ichki konfliktni ham uchratamiz. Norxol Najot G‘aybullaning darsini kuzatishga kirganida uning dars jarayonini ko‘rib, o‘zining dars o‘tishi bilan solishtirib shunday gaplarni aytadi: “Odatda biz o‘qituvchilar sinfxonaga kirgach o‘n-o‘n besh daqiqa g‘ala-g‘ovurni tinchitish bilan ovvora bo‘lamiz. So‘ng sinf jurnalini ochib uzundan uzun yo‘qlama uchida hiyla vaqt yo‘qolib ketamiz. So‘ng o‘tgan saboq yuzasidan so‘roq-tergov boshlanadi. Tayin gapki dars tayyorlamay kelgan o‘quvchi miq etmay turaveradi. Xunob bo‘lib uni urshib-jerkib beramiz. Ikki uch shunaqa qaysarlar bilan olishgandan so‘ng o‘zimizning asablarimiz ham qaqshaydi. Shosha pisha yangi mavzuni tushuntira boshlaymiz. Konspekt qilib kelganlarimizni amal taqal qilib aytib beramiz”[3]. Norxol ushbu gaplari orqali Najot G‘aybulla bilan o‘zini qiyoslagan holda nahotki men shu o‘qituvchidek dars o‘tolmayman deb o‘zi bilan sirli muallimni solishtiradi. Ushbu solishtirish o‘zini qiyoslash uning ruhiyatida konfliktni keltirib chiqaradi.

 Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki ushbu asar o‘qituvchilar hayotiga bag‘ishlangan bo‘lib, ular ichida shundaylari borki jamiyatning kelajagi uchun qo‘lidan kelguncha yordam beradi, kelajakni o‘ylagan holda ularga yaxshi ta’lim berishni xoxlaydi. “Sirli Muallim” ana shunday o‘qituvchilar hayotiga bag‘ishlangan qissadir. Asarda uning qilayotgan ishlariga shubha bilan qaraydiganlar ham topiladi. Asarni tahlil qilganimizda ham, uning hayoti sirliligicha qolib ketaveradi. Bizga faqat uning maktab uchun nimalar qilganligi ma’lum bo‘lib qoladi.

 

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Dilmurod Quronov. “Adabiyotshunoslikka kirish”. – Toshkent: “Abdulla Qodiriy” nomidagi xalqaro meros nashiryoti, 2004.

2. T.Boboyev. “Adabiyotshunoslik asoslari”. “O‘zbekiston” – 2002

3. Luqmon Bo‘rixonning “Sirli muallim” qissasi 

 

0
0
0

Muallif haqida ma'lumot

ID: 2517182132

NOSIROVA HILOLA
  • Mamlakat O`zbekiston

  • Mutaxassislik Filologiya

  • Ilmiy daraja Ilmiy darajasiz

  • Ilmiy unvon Ilmiy unvonsiz

Fikrlar

Fikrlar

Qiymatni tanlang
Kommentariy qoldirish administrator tomonidan bloklangan

Sharhlar faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar tomonidan qo'shilishi mumkin. Kirish Yoki Roʻyxatdan oʻting

{{text}}

{{text}}

{{text}}

{{text}}