0
530
PDF

SOLIQ MA’MURCHILIGINING RAQAMLI IQTISODIYOTDA DAVLAT BYUDJETI TUSHUMLARINI SAMARALI BOSHQARISH MASALALARI

Annotatsiya

Maqolada raqamli iqtisodiyot doirasida soliqqa tortishni optimallashtirishga qaratilgan strategiya va uslublarni tahlil qilishga bag‘ishlangan. Mamalakatimiz soliq tizimida soliqqa tortish jarayonlarini raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan tadbirlar, ularning natijadorligi tahlil qilinib, raqamlashtirish jarayonidagi muammolar qayd etilib, ularning еchimi yuzasidan taklif va tavsiyalar izohlangan.Tez rivojlanayotgan raqamli bozor va tijorat faoliyatining yangi shakllarining paydo bo'lishi sharoitida soliqni samarali rejalashtirish davlat moliyaviy barqarorligining asosiy jihatiga aylanmoqda. Maqolada soliq qonunchiligini moslashtirish, maʼlumotlarni yigʻish va tahlil qilishda raqamli texnologiyalardan foydalanish mavzulari yoritilgan. Barqaror va prognoz qilinadigan davlat daromadlarini taʼminlashning asosiy omili boʻlgan raqamli tranzaksiyalar va xizmatlar boʻyicha soliqlarni samarali undirish mexanizmlarini ishlab chiqishga alohida eʼtibor qaratilgan.

Kalit so'z

Raqamli iqtisodiyot, davlat byudjeti, raqamli soliqlar, soliq qonunchiligi,soliq tizimi, soliqqa tortish jarayonlarini rakamlashtirish, soliq to‘lovchilarni hisobga olish, elektron xizmatlar, interaktiv xizmatlar, soliq nazorati, soliq tekshiruvlari, soliq taxlillari.

SOLIQ MA’MURCHILIGINING RAQAMLI IQTISODIYOTDA DAVLAT BYUDJETI TUSHUMLARINI SAMARALI BOSHQARISH MASALALARI

 

Raximova Shaxlo Rajapboyevna

Toshkent moliya instituti o‘qituvchisi,

mustaqil tadqiqotchi

E-mail rakhimovashakhlo77@gmail.com

 

Jahon iqtisodiyotining doimiy rivojlanib borish jarayonida iqtisodiy faoliyatni raqamlashtirish soliq tushumlari dinamikasini shakllantiruvchi kuch sifatida namoyon bo'ldi. Iqtisodiyotni raqamlashtirish innovatsion yondashuvlar hamda moslashuvchan strategiyalarni talab qiluvchi soliq tizimi uchun ham muammolar va imkoniyatlarni taqdim etadi. Har bir davlat uchun samarali soliq tizimini shakllantirish milliy iqtisodiyotni yanada rivojlantirishning asosidir, soliqlar byudjet daromadining asosiy qismini tashkil etganligi sababli asosiy iqtisodiy mexanizm sifatida ta’riflanadi. Bugungi kunda soliq tizimi yangi voqelik va imkoniyatlarni hisobga olgan holda o‘zgartirilmoqda, bu esa soliq ma’muriyatchiligi tizimini optimallashtirish, yanada samarali nazorat va baholash siyosatini amalga oshirish imkonini beradi, buning natijasida soliqlarni undirish darajasi oshmoqda. Raqamli platformalar an'anaviy chegaralarni kesib o‘tib, biznes operatsiyalari normalarini qayta belgilab qo'yganligi sababli, soliq organlari ushbu yangi raqamli sohada yaratilgan iqtisodiy qiymatni qo‘lga kiritish vazifasiga duch kelishadi. Ushbu maqola elektron tijorat, raqamli xizmatlar kabi omillarni hisobga olgan holda, ushbu kontekstda soliq tushumlarini samarali bashorat qila oladigan metodologiya va asoslarni o'rganishga qaratilgan. Shuningdek, raqamlashtirishning soliq qonunchiligiga rioya qilish va byudjetga tushumlarni prognoz qilishga qanday ta'sir ko'rsatayotganini o'rganadi.

Raqamli iqtisodiyot – bu iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy aloqalarni raqamli texnologiyalarni qo‘llash asosida amalga oshirish tizimi hisoblanib, “1995 yilda amerikalik dasturchi Nikolas Negroponte “Raqamli iqtisodiyot” terminini amaliyotga kiritgan va hozirda bu istilohni butun dunyodagi siyosatchilar, iqtisodchilar, jurnalistlar, tadbirkorlar – deyarli barcha qo‘llamoqda. 2016 yilda Butunjahon banki dunyodagi raqamli iqtisodiyotning ahvoli haqida ilk marta ma’ruza e’lon qilinib, nufuzli xalqaro tashkilotlar olib borgan tahlillar natijalariga ko‘ra, raqamli iqtisodiyot yalpi ichki mahsulotni kamida 30 foizga oshiradi, shuning barobarida, xufyona iqtisodiyotga barham beradi”[1].

O‘z navbatida, har bir mamlakatda raqamli iqtisodiyotning rivojlanish darajasi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanish darajasi bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, ular raqamli iqtisodiyotning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi, axborot-texnologiyalar sanoatiga kiritilgan investitsiyalar hajmi, mamlakat hududida internat tizimining joriy etilishi va undan aholining foydalanishdagi qulayliklar, elektron tijoratning rivojlanish darajasi, elektron hukumatlar tizimidagi davlat xizmatlari ulushi hamda sohani mutaxassislar bilan ta’minlanishga bog‘liq bo‘ladi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan soliq islohotlari soliq ma’muriyatchiligi jarayolarini avtomatlashtirish, soliq intizomini mustahkamlash, byudjet daromadlari barqarorligini ta’minlash, “soliq nazoratining shakl va mexanizmlarini, shu jumladan soliq solish ob’ektlari hamda soliq to‘lovchilarni yanada to‘liq qamrab olish va hisobini ta’minlaydigan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishga qaratilgan bo‘lib, bu keng qamrovli tadbirlar amalga oshrilmoqda. 

Bu borada 2017-2023 yillarda Respublikamiz Prezidenti va Hukumatining 50 dan ortiq farmon va qarorlari qabul qilinib, ularda:

mamlakatimiz soliq siyosati va soliq tizimini isloh qilish; 

soliq ma’murchiligini yanada takomillashtirish;

erkin tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va soliq to‘lovchilar uchun qulay “soliq iqlimi”ni yaratish;

“Soliq xizmati – soliq to‘lovchiga ko‘makchi” tamoyili asosida, soliq to‘lovchilarga zamonaviy axborot xizmatlari ko‘rsatishni kengaytirish orqali xufyona iqtisodiyotni legallashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan tadbirlar natijasida soliq tushumlari 2,5 barobarga, soliq to‘lovchilar soni 1,8 barobarga, shu jumladan QQS to‘lovchilar soni 2,7 barobarga, soliq to‘lovchilarga ko‘rsatiladigan xizmatlar soni 2,8 barobarga, shu jumladan elektron xizmatlar 4,1 barobarga o‘sdi. 

O‘z navbatida, soliq organlari tomonidan o‘tkaziladigan hujjatli soliq tekshiruvlari 2,5 barobarga qisqardi. Lekin soliq tekshiruvlarining “soliq xavfi” dastulari xulosalari asosida o‘tkazilish natijasida samaradorligi keskin oshdi. 

Soliq qo‘mitasining “2022 – 2026 yillarda soliq ma’murchiligi va soliq xizmati organlarini rivojlantirish strategiyasida:

soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirilgan xizmatlarini rivojlantirish; 

davlat soliq xizmati organlarining faoliyatini yanada takomillashtirish 

soliq siyosatini takomillashtirib borish va iqtisodiyotda xufiyona aylanma darajasini qisqartirish yo‘nalishi 

soliq tavakkalchiliklarini baholash va monitoring qilishning zamonaviy tizimini yaratish yo‘nalishi 

davlat soliq xizmati organlarida korrupsiyaning oldini olish tizimini takomillashtirish soliq organlarining asosiy faoliyat yo‘nalishlari etib belgilangan. 

Ushbu faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tgan davr mobaynida davlat soliq xizmati organlari tomonidan bir qator ijobiy tadbirlarga erishilgan.

Jumladan, tadbirkorlik faoliyati sub’ektlarining mustaqil ravishda ro‘yxatdan o‘tish va soliqlarni to‘lash, konteragentlarning tadbirkor maqomini tekshirish imkoniyatlari kengaytirildi, еr va ko‘chmas mulkning kadastr hisobi va qiymatini baholashda kadastr va soliq organlari ma’lumotlar bazalari integratsiya qilindi, soliq to‘lovchilar aniq ehtiyojlaridan kelib chiqib real vaqt rejimida ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxatini kengaytirilib, xizmatlarni raqamli texnologiyalar orqali ko‘rsatish tartibi joriy etildi; 

tadbirkorlik sub’ektlariga teng fiskal sharoit va raqobat muhiti yaratilib, ularga soddalashtirilgan soliq tartibi qayta ko‘rib chiqilib, “yashil yo‘lak” tartibida soliq tavakkalchiliklarini baholash va insoflilik mezonlari asosida segmentlash tizimi asosida soliq nazorati mexanizmi joriy etildi; 

ayrim turdagi mahsulotlarni markirovka qilishning yagona tizimi va soliq organlari tomonidan mahsulotni hisobga olishning elektron bazasi yaratilib, “yashirin iqtisodiyot” ko‘lamini baholashning asosiy ko‘rsatkichlari belgilanib, iqtisodiy faoliyatni legallashtirish maqsadida soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash va xufiyona faoliyat amalga oshirish faktlarini aniqlashda yordam bergan shaxslarni moddiy rag‘batlantirish tartibi joriy etildi;

soliq solish maqsadida faoliyatni qonuniylashtirishni rag‘batlantirish, o‘zini o‘zi ish bilan band qilgan shaxslar mezonlari va toifalarini aniqlash bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajriba asosida takliflar ishlab chiqildi; 

soliq to‘lovchilarni, jumladan QQS to‘lovchilarini tahlil qilish va boshqarish tizimi asosida soliq nazoratining masofaviy usullari takomillashtirilib, faqat soliq xavfi yuqori bo‘lgan soliq to‘lovchilarni soliq tekshirish tartibi belgilandi;

soliq xizmati organlari tomonidan soliq to‘lovchilarga real vaqt rejimida sifatli xizmat ko‘rsatishni tashkil etishda, buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotning zamonaviy usullarini bilish, xalqaro soliqqa tortish va soliq ma’murchiligida ilg‘or axborot texnologiyalarini qo‘llash uchun soliq organlarining xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tadbirlari amalga oshirildi 

Soliq to‘lovchilar bilan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali muloqot qilishni kengaytirish maqsadida davlat soliq xizmati organlari tomonidan ko‘rsatilayotgan elektron davlat xizmatlarning soni 45 taga еtkazildi. 

Davlat soliq qo‘mitasining “Elektron davlat xizmatlari - my.soliq.uz” portali orqali elektron davlat xizmatlarn shuningdek, soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali soliq qonunchilikda ko‘zda tutilgan 12 turdagi elektron hujjatlar hamda 27 turdagi hisobotlarni ayriboshlash yo‘lga qo‘yilib, boshqa vazirlik va idoralar o‘rtasida o‘zaro ma’lumot almashinuvi bo‘yicha quyidagi natijalarga erishildi:

 

Davlat soliq qo‘mitasi hamda vazirlik va idoralar o‘rtasida o‘zaro ma’lumot almashinuvi taxlili[2]

To‘lov topshiriqnomalar

Yillar

2018

2019

2020

2021

2022

Vazirliklar va idoralar soni

32

36

41

49

53

Malumot soni

201245128

244429515

333755792

496526824

411739655

 

Demak, soliq organlarining vazirlik va idoralar bilan axborot almashinishi 2018 yilda 32 vazirlik va idoralar bilan amalga oshirilib ma’lumotlar admashinuvi soni 201245128 tani tashkil etgan bo‘lsa 2022 yilda ma’lumotlar almashinuvchi vazirlik va idoralar soni 53 tani tashkil etib ma’lumotlar almashinuvi 411739655 tani tashkil etgan yoki ma’lumot beruvchi vazirlik, idoralar soni bir yarim barobarga va almashmnilgan ma’lumotlar soni ikki barobardan oshgan. 

Qayd etish joizki, malakatimizda soliq siyosatini takomillashtirish, soliq ma’muriyatchiligi samaradorligini yanada oshirish, tadbirkorlik faoliyati uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan soliq islohotlarini izchil davom ettirish borasida bir qator tadbirlar amalga oshirilshi davoi etmoqda. Xususan, Hukumatimizning 2023 yil 18 oktyabrdagi “Soliq organlari tomonidan ayrim soliq hisobotlarini shakllantirish tartibi joriy etilganligi munosabati bilan

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori bilan belgilangan tadbirlar e’tiborga loyiqdir. 

Jumladan, mazkur qaror bilan, 2024 yil 1 yanvardan boshlab soliq to‘lovchilarning tanloviga ko‘ra qo‘shilgan qiymat solig‘i, aylanmadan olinadigan soliq, yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk va еr soliqlari bo‘yicha soliq hisobotlarini soliq organlari tomonidan avtomatik tarzda shakllantirish tartibini joriy etilishi raqamlashtirish borasidagi muhim tadbirlaridan biri hisoblanadi. 

Qaror bilan tasdiqlangan “Soliq to‘lovchining tanloviga ko‘ra soliq organlari tomonidan soliq hisobotini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq, soliq organlari joriy soliq davrining 15 yanvariga qadar qo‘shilgan qiymat solig‘i, aylanmadan olinadigan soliq, yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk va еr soliqlari bo‘yicha 15 yanvarga qadar, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan еrlar bo‘yicha 1 aprel holatiga ichki va tashki manbalar asosida kelib tushgan ma’lumotlarni umumlashtirib, bir kun muddatda soliq hisobotlarini shakllantiradi va bir kunlik muddatda soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali unga yuboradi. 

Soliq to‘lovchi shaxsiy kabinetiga soliq hisoboti kelib tushgandan so‘ng soliq organi tomonidan shakllantirilgan soliq hisobotini tasdiqlaydi. Agar, hisobot bo‘yicha e’tirozlar mavjud bo‘lganda, soliq hisobotini taqdim etish muddatigacha soliq hisobotini qayta ishlaydi va soliq organlariga taqdim etadi.

Mazkur tartiblar Soliq to‘lovchilarning soliq hamkorligini yanada kengaytirishi bilan birga, soliq hisobotlarining o‘z vaqtida ishonchli taqdim etilishi ta’minlash, soliqlarning o‘z vaqtida hisobga olinishi hamda undirilishi tezlashtirish, o‘z navbatida soliq tekshiriuvlarining kamayishiga ham sabab bo‘ladi. 

Qayd etish joizki, soliq to‘lovchilar bilan soliq munosabatlarini amalga oshirishda soliq organlari tizimida yuqorida qayd etilgan ijobiy natijalar bilan birga qatorda ayrim muammolar ham bor. Jumladan: 

- soliq to‘lovchilarga soliq majburiyatlarini ixtiyoriy va mustaqil bajarish uchun qulay shart-sharoitlarning to‘liq yaratilmaganligi, soliq to‘lovchiimkoniyati va talablarini hisobga olgan holda biznes jarayonlarni o‘zgartirish yo‘lga qo‘yilmaganaligi va soliq nazorati vositalarini faqatinsofsiz soliq to‘lovchilarga nisbatan qo‘llanilmasligi insofli soliqto‘lovchilar faqoliyati samaradorligini oshirishga to‘siq bo‘lmoqda; 

- soliq organlarining soliq to‘lovchilar tomonidan daromadlar hajmini yashirish, soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash sxemalaridan foydalanishning keng tarqalgan amaliyotiga qarshi kurashish bo‘yicha ishlari izchilolib borilmayotgani soliqintizomining pasayishiga, yashirin iqtisodiyot ko‘lamining saqlanib qolishiga va insofli tadbirkorlar uchunbiznes yuritish shartlarining yomonlashishiga olib kelmoqda;

- soliq idoralarida qarorlar qabul qilishda “inson omili” ta’siriningmavjudligi, ular tomonidan katta hajmdagi ma’lumotlarni boshqarish mexanizmlarining yo‘qligi avtomatlashtirilgan tizimdaqarorlar qabul qilish, soliq tushumini ta’minlash imkoniyati va haqiqiy darajasi o‘rtasida tafovutlarni saqlabqolinishiga sabab bo‘lmoqda. 

 

Mazkur muammolarning еchimi sifatida quyidagilar taklif qilinadi. 

1. Soliq organlarida xizmat ko‘rsatishning mijozga yo‘naltirilgan usullarini qo‘llash orqali insofli tadbirkorlar faoliyatiga ko‘maklashish, soliq majburiyatlarini bajarishning qulay, tushunarli va oson mexanizmlarini amaliyotga joriy etish. 

2. Soliq ma’murchiligini sifati va samaradorligini oshirish hamda soliq solinadigan bazani qamrab olishni kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqish. 

3.Biznes yuritish uchun teng shart-sharoitlarni yaratish va raqobat muhitini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar joriy etish. 

4. Soliq organlari faoliyatini va soliq ma’murchiligi mexanizmlarini raqamli transformatsiya qilish, soliq organlari faoliyatiga yangi dasturiy mahsulotlarni joriy etish.

 


[1] M.Parpieva “Raqamli iqtisodiyotni tartibga solishning nazariy asoslari” 

[2] Soliq Qo’mitasining ma’lumotlari asosida maulluf tamonidan tayyorlandi ma’lumotlari asosida ishlab chiqilgan 

 

0
0
0

Muallif haqida ma'lumot

ID: 7107310864

Raximova Shaxlo
  • Mamlakat O`zbekiston

  • Mutaxassislik Iqtisodiyot

  • Ilmiy daraja Ilmiy darajasiz

  • Ilmiy unvon Ilmiy unvonsiz

Fikrlar

Fikrlar

Qiymatni tanlang
Kommentariy qoldirish administrator tomonidan bloklangan

Sharhlar faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar tomonidan qo'shilishi mumkin. Kirish Yoki Roʻyxatdan oʻting

{{text}}

{{text}}

{{text}}

{{text}}