0
4 147
PDF

SUV RESURSLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH

Annotatsiya

Mazkur maqolada o’zbekistondagi global iqlim o’zgarishlari tufayli suv taqchilligi sharoitida qishloq xo’jaligi ekinlaridan yuqori hosil olish va aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash uchun mavjud suv resurslaridan samarali foydalanish va sug’orishning tejamkor texnologiyalarini keng joriy qilish muhim ahamiyati to’g’risida so’z boradi.

Kalit so'z

kollektor,modernizatsiya,agregat

Nurullayev Zohirjon Xayrullo o‘g‘li

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalari instituti magistranti.

Insoniyat yigirma birinchi asrda juda ko‘p muammolar bilan yuzma-yuz boʻlmoqda, ana shunday global muammolardan biri – suv muammosidir. Ona sayyoramiz aholisi soni yildan-yilga oshib borar ekan, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, qurg‘oqchilik va yerlarning choʻllanishining oldini olish singari og‘riqli muammolar jahon hamjamiyatini jiddiy tashvishga solmoqda. Har qadamda yangilanishlar, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishlar bo‘layotgan bizning hozirgi zamonimizda raqamli texnologiyalarining o‘rni beqiyosdir. Ayniqsa suv xo‘jaligi tizimida ulkan o‘zgarishlar yuz bermoqda. So‘nggi yillarda yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish, suv xo‘jaligi obyektlarini modernizatsiya qilish va rivojlantirish bo‘yicha izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, global iqlim o‘zgarishi, aholi sonining va iqtisodiyot tarmoqlarining o‘sishi, ularning suvga bo‘lgan talabi yil sayin oshib borishi tufayli suv resurslarining taqchilligi yildan-yilga kuchayib bormoqda, va shu bilan bir qatorda aytib o‘tish joizki, joriy yilda respublikamizda foydalanilgan o‘rtacha yillik suv miqdori 51-53 mlrd kub metrni, jumladan, 97,2 foizi daryo va soylardan, 1,9 foizi kollektor tarmoqlaridan, 0,9 foizi esa yer ostidan foydalanib, ajratilgan suv olish limitiga nisbatan 20 foizga qisqargan. Bu kabi muommolarni bartaraf etish uchun Prezidentimiz tomonidan O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 – 2030-yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasilarni ishlab chiqilgan[1]. Ushbu konsepsiyada. Bulardan O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi nasos stansiyalarining elektr energiyasi iste’molini bosqichma-bosqich kamaytirish hamda suv xo‘jaligida bozor iqtisodiyoti tamoyillarini, autsorsing va davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etish hisobidan tejaladigan mablag‘lar suv inshootlarini modernizatsiya qilish, suv xo‘jaligi tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini takomillashtirish va xodimlarning oylik ish haqini bosqichma-bosqich oshirishga yo‘naltirish ko‘zda tutilgan.

Аsosiy maqsadli ko‘rsatkichlar va indikatorlar

  

T/rKo‘rsatkichlar nomiO‘lchov birligi2019-yilgachaKelgusi yillarda erishiladigan ko‘rsatkichlar   
2020-yil2021-yil2025-yil2030-yil    
I. Suv resurslaridan oqilona foydalanish       
1Irrigatsiya tizimi va sug‘orish tarmoqlarining foydali   ish koeffitsiyentini oshirishkoef.0,630,640,650,680,73
2Suv ta’minoti darajasi past bo‘lgan sug‘oriladigan yer maydonlarini kamaytirishming ga560526492356190
3Irrigatsiya tizimini modernizatsiya qilish va     beton qoplamali kanallar ulushini oshirishkm9 6759 96010 52911 42513 175
4Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi:      
nasos stansiyalari agregatlarini energiya tejamkor nasos agregatlariga almashtirishdona7328951 0581 7112 482 
nasos stansiyalarining eskirgan elektr dvigatellarini yangisiga almashtirishdona1 6271 8412 0602 9633 727 
nasos stansiyalarining elektr energiyasi iste’molini kamaytirib borishmlrd87,67,376 
II. Suvni tejaydigan texnologiyalarni qo‘llash ko’lamini kengaytirish       
1Suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etishni kengaytirish, shu jumladan:ming ga1752505321 0002 000
2tomchilatib sug‘orish texnologiyalari joriy etilgan maydonlarni kengaytirishming ga77,4125175300600

Respublika hududi o‘ziga xos tuproq va iqlim sharoitiga ega bo‘lib, tabiiy drenajning yetishmasligi, yer osti suvlari minerallashuvi darajasining yuqoriligi natijasida bir qator hududlar “birlamchi sho‘rlangan”. Shu bilan birga, suv resurslaridan oqilona foydalanmaslik va boshqa antropogen omillarning salbiy ta’siri natijasida ayrim hududlarda yerlarning “ikkilamchi sho‘rlanishi” kuzatilib, 45,7 foiz sug‘oriladigan yer maydoni turli darajada sho‘rlangan. Global iqlim o‘zgarishi natijasida Markaziy Osiyoda so‘nggi 50-60 yil davomida muzliklar maydoni taxminan 30 foizga qisqargan. Taxminlarga ko‘ra, harorat 20S ga ortganda muzliklar hajmi 50 foizga, 40S ga isiganda esa 78 foizga kamayadi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2050 yilgacha Sirdaryo havzasida suv resursi 5 foizga, Amudaryo havzasida 15 foizgacha kamayishi kutilmoqda. O‘zbekistonda 2015-yilgacha bo‘lgan davrda suvning umumiy taqchilligi 3 mlrd kub metrdan ortiqni tashkil qilgan bo‘lsa, 2030-yilga borib 7 mlrd kub metrni, 2050 yilga borib esa 15 mlrd kub metrni tashkil qilishi mumkin. Shu kabi muommolarni xal qilish uchun biz albatta suvdan oqilona foydalanishimiz zarur va bu hayotimiz uchun  muhim. Shuning uchun zamonaviy texnalogiyalarni mamlakatimizda keng joriy qilish va chet el texnologiyalarini o‘zimizda qo‘llashimiz kerak, bunga misol qilib Germaniyaning “Zim Plant Technolgy”  kompaniyasi ishlab chiqqan texnologiyani ko‘rishimiz mumkin [2]. Ushbu  texnalogiyadagi datchiklar yordamida qishloq xo‘jaligida suvni tejashimiz mumkin.

 

Qishloq xo‘jaligida ishlatiladigan suvning ko‘p qismi ishlatilmay yerga tushadi, yoki bug‘lanadi. Shuning uchun Germaniyaning “ZIM Plant Technology” kompaniyasi barglarga yopishtirilgan va o‘simliklarga qancha suv kerakligini aniqlaydigan sensorlarni ishlab chiqdi. Odamlardagi qon bosimi o‘lchagichiga o‘xshab, sensorlar barglarning ichki hujayra bosimini o‘lchaydi va ma’lumotlarni serverga uzatadi. Hujayralardagi bosim qanchalik yuqori bo‘lishiga qarab, o‘simliklar kerakli miqdorda suv bilan ta’minlanadi. Har bir o‘simlik o‘ziga xos sensorga muhtoj emas. 20 gektar maydon uchun fermerlarga atigi oltita datchik kerak. Shunday qilib, ularni optimal sug‘orish mumkin. Shu kabi tejomkor texnalogiyalardan hamkorlikda bizning xam zaminimizda qo‘llasak albatta o‘z natijasini beradi. Bunday texnalogiyalar juda ko‘p misol qilishimiz mumkin, va tadbiq qilishimiz natijasida Zamonaviy suv tejovchi sug‘orish texnologiyalardan foydalanish ko‘lamini kengaytirish yo‘nalishida qishloq xo‘jalik ekinlarini sug‘orishda suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish 175 ming gektardan 2025-yilgacha 1 million gektarga, 2030-yilga kelib 2 million gektargacha, shu jumladan, tomchilatib sug‘orish texnologiyasi 77,4 mingdan 2025-yilgacha 300 ming gektargacha va 2030-yilga kelib 600 ming gektargacha yetkazilishini amalga oshirishimiz mumkin. “Smart Water” (“Aqlli suv”) axborot-kommunikatsiya va raqamli texnologiyalar asosida suv o‘lchash tizimi joriy etilgan suv xo‘jaligi obyektlari soni 61 tadan 2020-yilda 151 tagacha, 2024-yilda 18576 tagacha (100 foiz) ko‘paytirish ko‘zda tutilgan [3].

Xulosa qilib aytganda, azaldan ota-bobolarimiz suvni har tomchisini muqaddas ne’mat bilib, uning har tomchisidan samarali va tejamli foydalanishgan. Chunki suv resurslarning miqdori va sifati jamiyatning barqaror ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishini muhim ommilaridan biri hisoblangan. Shuning uchun Suvni asrab avaylash kerak Suv bu hayot, uni asrab avaylab kelajak avlotga yetkazaylik.

 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

[1].  O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 – 2030-yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasiga ilova. PF-6024 10.07.2020

[2]. Zim Plant Technalogy Adress:Neuendorfstrasse 19 Hennigsdorf, D-16761 Germany www.zim-plant-technology.com + 49-3302-28037-00

[3]. O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 – 2030-yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasiga ilova.   PF-6024 10.07. 2020

 

 

 

 

 

 

 

 

 

"

2
0
0

Muallif haqida ma'lumot

ID: 9495626051

Nurullayev Zohirjon
  • Mamlakat O`zbekiston

  • Mutaxassislik Qishloq xo‘jaligi

  • Ilmiy daraja Ilmiy darajasiz

  • Ilmiy unvon Ilmiy unvonsiz

Fikrlar

Fikrlar

Qiymatni tanlang
Kommentariy qoldirish administrator tomonidan bloklangan

Sharhlar faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar tomonidan qo'shilishi mumkin. Kirish Yoki Roʻyxatdan oʻting