BIZ HAQIMIZDA

"fanvatalim.uz" ilmiy jurnali haqida

 

«fanvatalim.uz» - ma'naviy-ma'rifiy, ilmiy-metodik, intellektual jurnal bo‘lib, o‘zbek tilida har haftada bir marta chop etiladi.

 

Jurnal xalq ziyolilari, xususan, professor-o‘qituvchilar, pedagoglar, ilmiy izlanuvchilar, tadqiqotchilar, uslubchilar uchun mo‘ljallangan. Eng muhimi, elektron jurnal ta'lim yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan oliy ta'lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilari, maktab o‘qituvchilari uchun ham har tomonlama foydalidir. Birinchidan, bu pedagoglar orasida o‘zaro tajriba almashish maydoniga aylanadi. Ikkinchidan, shu orqali o‘qituvchilarning maxsus ijodiy laboratoriyalari shakllanib boradi, ya'ni o‘z ishlarini optimallashtirib, so‘ngra ularni chop etish ko‘nikmasi paydo bo‘ladi. Muallif hatto elektron shaklda ham doimiy ravishda maqolasi va izlanishlarini saqlab qoladi: materiallar uning alohida shaxsiy sahifasida saqlanadi.

 

Elektron jurnalda intellektual ahamiyatga ega ma'rifiy, ilmiy-metodik maqolalar, ta'limga oid materiallar, yurtimizda sodir bo‘layotgan ijtimoiy va madaniy xabarlar, o‘quvchining dunyoqarashiga ijobiy ta'sir qiladigan, yo‘nalish beruvchi, ilmiy-ommabop, badiiy maqolalari va boshqa qiziqarli ma'lumotlar beriladi. Shuningdek, jurnalda Prezidentimizning qaror va farmonlari, dolzarb mavzudagi maqolalar, yurtimizda ilm-fan sohasida amalga oshirilayotgan yangiliklar, konferensiya va seminarlarga oid xabarlar nashr etiladi.

{{text}}

{{text}}

{{text}}

{{text}}