МЕТОДИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ УКРЕПЛЕНИЯ ИДЕОЛОГИЧЕСКОГО ИММУНИТЕТА МОЛОДЕЖИ В РЕСПУБЛИКЕ УЗБЕКИСТАН
Аннотация
В данной статье описаны методологические основы и методы укрепления идеологического иммунитета нашей подрастающей и подрастающей молодежи, которая является решающей силой для безопасности нашей страны, сегодня и завтра. Также необходимо дальнейшее развитие идеологического иммунитета у молодежи для борьбы с различными чуждыми и вредными идеями, защиты ее от различных идейно-мировоззренческих угроз, воспитания здоровых, гармонично развитых поколений, глубоко отражающих законы развития путем создания идеологического иммунитета в обществе. задумался о доставке.
Ключевые слова
глобализация, идея, духовность, идеология, угроза, иммунитет, ценность, культура, просвещение, традиция, ритуал, интерактив, метод, религиозный экстремизм, пропаганда, технология.
Автор
Burxonov Shahzod Burxon o‘g‘li, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti Tarix fakulteti tarix(mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha) yo‘nalishi 2-kurs talabasi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA YOSHLAR MAFKURAVIY IMMUNITETNI KUCHAYTIRISHNING METODOLOGIK ASOSLARI
Burxonov Shahzod Burxon o‘g‘li,
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti Tarix fakulteti
tarix(mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha) yo‘nalishi
2-kurs talabasi
Bugungi kunda yoshlarimizni turli xil yot va zararli va vayronkor g‘oyalarga qarshi barqaror mafkuraviy immunitetini mustahkamlashda ularning dunyoqarashini boyitish, Vatanga sadoqat, uning taraqqiyotiga daxldorlik hissi, milliy g‘ururni shakllantirish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida kamol toptirish, hozirgi zamondagi keskin intellektual – ma’naviy raqobatga javob bera oladigan, mustaqil qarorlar qabul qilishga qodir bo‘lgan yuksak malakali mutaxassis kadrlar etib tarbiyalash muhim ahamiyatga egadir. Zero, bu global o‘zgarishlar davrida uzluksiz ta’lim tarbiya tizimining oldida turgan muhim vazifalardan biridir. Shu boisdan ham o‘tmishimiz va kelajagimiz uchun qudrat bag‘ishlaydigan milliy iftixor tuyg‘usi bilan biz yangi avlodlarni tarbiyalashimiz, o‘z milliy davlatchiligimizni mustahkamlab borishimiz lozim. Bu jarayonda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni yosh avlodga yetkazishning infrastrukturasi va texnologiyasini yanada takomillashtirish masalasi zararli va yot g‘oyalarni, mafkuraviy tahdidlarni bartaraf qilish orqali ularning mafkuraviy immunitet shakllanishi muhim omili ekanini hayotiy tajribaning o‘zi isbotlamoqda.
Mafkuraviy immunitet yuksaltirishda ta’lim-tarbiyaning ahamiyati kattadir. Shu boisdan ham, ta’lim-tarbiya sohasini isloh qilishning asosiy omillaridan biri “Shaxs manfaati va ta’lim ustuvorligidir. Shunday ekan, bugun barcha davlatlar ta’limiga imkon qadar ko‘p yangilik kiritishga intilmoqda. Yangilik yaratishga intiluvchan shaxsni tarbiyalash uchun mazmuniga ijodkorlik ruhi va motivlari hukm surishi lozim. Bunda innovatsion faoliyat subyektining talablarini qondirishdan innovatsion faoliyat subyekti ehtiyojining majmuaviyligini anglash va shakllantirishgacha bo‘lgan amaliy faoliyati jarayonida yuzaga keluvchi subyektning yangilikni yaratish va o‘zlashtirishga bo‘lgan ehtiyoj va qiziqishlarni o‘zida ifoda etuvchi kuch bo‘lmog‘i lozim. Uzluksiz ta’lim tizimini mazmunan modernizatsiyalash va ta’lim – tarbiya samaradorligini yangi sifat bosqichiga ko‘tarishdan asosiy maqsad yoshlarimizning ma’naviy, huquq va manfaatlarini himoyalash ularning zamonaviy bilim va kasbga ega bo‘lishini bugungi o‘ta murakkab va tahlikali zamonda mavjud bo‘lgan har qanday xatarga zararli ta’sir va oqimlarga nisbatan ogoh va hushyor bo‘lib yashashini va jamiyatimiz hayotida munosib o‘rin egallashini ta’minlashdan iborat hisoblanadi. Uzluksiz ta’lim tizimining shakllanishi o‘z-o‘zidan kadrlar tayyorlash jarayonining yangicha mazmun kasb etishini ta’minlaydi. Barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tayyorlashga yo‘naltirilgan uzluksiz ta’lim tizimi (shu jumladan, tarbiya) jarayonining yangi mazmuni mazkur jarayonga ilm fan, texnika va ishlab chiqarish sohalarida yaratilgan g‘oya, kashfiyot va yutuqlarning tatbiq etilishi. Ushbu jarayonda demokratik, insonparvarlik tamoyillarining ustuvor o‘rin tutishi, ta’lim va tarbiya jarayonini insonparvarlashtirish (ya’ni, ta’lim-tarbiya jarayonining asosiy subyektlaridan biri bo‘lgan o‘quvchi – ta’lim oluvchi shaxsning hurmat qilinishi Uning sha’ni, or-nomusi, qadr-qimmati va huquqlari daxlsizligining ta’minlanishi), ta’lim oluvchi (o‘quvchi)ning zamonaviy pedagogik jarayondagi faol ishtirokini yuzaga keltirish uchun muayyan shart sharoitlarni yaratish, ularning xohish-istaklari bilan o‘rtoqlashish, shaxsiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, ularda mustaqil fikr yuritish layoqatini tarbiyalash, bu borada muayyan ko‘nikma hosil qilish, hosil qilingan ko‘nikmaning faoliyat malakasiga aylanishga rag‘bat bildirish, o‘quv (manbalari va ko‘rsatmali vositalar) mazmunida yuqorida qayd etilgan g‘oyalarning o‘rin olishiga erishish, ta’lim oluvchilarda bilim olishga nisbatan ichki ehtiyoj, qiziqish, rag‘batni yuzaga keltirish, shuningdek, ongli munosabatni qaror toptirish va hokazolar asosida yaratiladi.
Birinchi Prezident I.A. Karimov “Maqsadimiz – erkin shaxsni tarbiyalash” deganda har tomonlama mustaqil, o‘zining va millatining qadr-qimmatini teran idrok etuvchi, shaxsiy fikrlarini sobit turib himoya qila oladigan avlodni voyaga yetkazishni nazarda tutadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev ham bu borada quydagi fikrlarni bildiradi, “Yoshlarimiz haqli ravishda Vatanimizning kelajagi uchun javobgarlikni zimmasiga olishga qodir bo‘lgan, bugungi va ertangi kunimizning hal etuvchi kuchiga aylanib borayotgani barchamizga g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi. Shu maqsadda hukumatning, tegishli vazirlik va idoralar hamda butun ta’lim tizimining, hurmatli domlalarimiz va professor-o‘qituvchilarning eng muhim vazifasi – yosh avlodga puxta ta’lim berish, ularni jismoniy va ma’naviy yetuk insonlar etib tarbiyalashdan iboratdir- deb ta’kidlaydilar. Yurtboshimiz o‘zining barcha nutq va ma’ruzalarida kelajagimiz yosh avlodning qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog‘liq ekanligini ko‘p marotaba o‘qitish barobarida, ularni ham ma’nan, ham jismonan va intellektual jihatdan yetuk bo‘lishlariga alohida e’tibor berish masalasini ilgari surmoqda.
Shu nuqtai nazardan, O‘zbekistonning taraqqiyotini ta’minlay oladigan, uni jahonning ilg‘or mamlakatlari darajasiga ko‘tarilishiga hissa qo‘shuvchi dadil, mustaqil fikrlovchi, bilimli, malakali mutaxassis, shuningdek, ijobiy sifatlarga ega bo‘lgan kadrlarni tayyorlab voyaga yetkazish jarayoni tashkil etadi. Shu nuqtayi nazardan, o‘sib kelayotgan yoshlarni istiqlol va uning qadriyatlariga sodiqlik, xalqparvarlik va vatanparvarlik, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda ijtimoiy institutlar sifatida nafaqat ta’lim-tarbiya dargohlari, balki oila, mahalla, O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi, jamoat hamda nodavlat-notijorat tashkilotlaridan har birining roli alohida ahamiyat, ta’sir kasb etadi.
Mamlakatimiz xavfsizligini bugungi va ertangi kunini hal qiluvchi kuchi bo‘lmish o‘sib, unib kelayotgan yoshlarimizni har tomonlama mafkuraviy qurollantirish ya’ni ularni turli xil yot va zararli g‘oyalar ta’siridan himoya qilish orqali ularning mafkuraviy immunitetini shakllanish lozimligini bugungi davrning o‘zi talab qilmoqda. Agar bu tushunchani qurollantirish emas, balki qurollanmog‘i kerak desak, bevosita ularni o‘z holiga tashlab qo‘ygan va ko‘ziga “yaltirab” ko‘ringan narsani o‘zlashtirishga sharoit yaratgan bo‘lamiz. Pok qalbli yoshlarimizni, pok niyatlarini o‘g‘rincha bilib olgan va ularning ezgu g‘oyalarini asta-sekinlik bilan yot g‘oyaga aylantirishga sabab bo‘layotgan, faqat sirtidangina jozibador, asli esa puch bo‘lgan g‘oyalar ta’siridan qutulishning birdan-bir yo‘li bu – ma’rifatdir.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, bugun biz tez sur’atlar bilan o‘zgarib borayotgan, insoniyat hozirga qadar boshidan kechirgan davrlardan tubdan farq qiladigan o‘ta shiddatli va murakkab bir zamonda yashamoqdamiz. Hozirgi fan va texnologiyalar ravnaqi davrida boshqa yoshlarning ongi va qalbiga yashirin, g'araz maqsad bilan ta'sir ko'rsatishni ifodalashda manipulyatsiya keng ishlatilmoqda. Shu bilan birga, ushbu vaziyatda yoshlar va ularning mafkuraviy immunitetiga ta'sir ko'rsatish jarayoni manipulyatsiya tushunchasida aks etadi. Yoshlarda turli mafkuraviy xurujlarga qarshi tura oladigan mafkuraviy immunitetni shakllantirishda ta’lim-tarbiyaning o‘rni beqiyos. Hozirgi kunda g‘oyaviy ta’lim- tarbiya masalasi davlat siyosati darajasidagi masala bo‘lib, bu masalada davlat rahbarining shaxsan o‘zi bosh-qosh bo‘layotganligi hamda bu sohada uning bevosita rahbarligi asosida mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab hozirgi kunga qadar chuqur islohotlar olib borilayotganligi buning yaqqol dalilidir. Demak, milliy g‘oyani har bir inson, ayniqsa yoshlarning qalbi va ongiga singdirish orqali ularda mafkuraviy immunitet shakllanishi, ma’naviy, axloqiy, tarbiyaviy sifatlarni har tomonlama yuksaltirish, bugungi kunning davr talabidir. Zero, milliy g‘oyamizda aks ettirgan ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish, hamda milliy tiklanishdan-milliy yuksalish kabi g‘oyalar albatta, yoshlarda mafkuraviy immunitet shakllanishiga xizmat qilishi shubhasizdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
- Mirziyoyev Sh. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. T.: O‘zbekiston. 2016.B-14.
- Tashmetov, T. X. (2020). Milliy g‘oyani yoshlar ongiga singdirishning zamonaviy usullari. Academic Research in Educational Sciences, 1 (3), 326-331.
- Tashmetov, Т. K. (2020). The importance of the use of innovative technologies in raising the spirituality of young people. Monthly Peer Reviewed & Indexed International Online Journal, 6(11), 25-27.
- Karimov I.A. Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak. T-Toshkent: O‘zbekiston, 2002.-B.432.
- Byukenen P. Garbning halokati// Jaxon adabiyoti jurnali. 2007. №1. B.14.
- Saidov U. “Globallashuv va madaniyatlararo muloqot”, T.,- “Akademiya”. 2008 B.75
[1] Tashmetov, T. X. (2020). Milliy g‘oyani yoshlar ongiga singdirishning zamonaviy usullari. Academic Research in Educational Sciences, 1 (3), 326-331.
[2] Tashmetov, Т. K. (2020). The importance of the use of innovative technologies in raising the spirituality of young people. Monthly Peer Reviewed & Indexed International Online Journal, 6(11), 25-27.
[3] Tashmetov, Т. Х. (2020). Prospects for relying on the basis of the national idea in protecting young people from hard and harmful ideas. International Journal For Innovative Engineering and Management Research, 9(11), 81-86.
[4] Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T:. “O‘zbekiston", 1997, 11-53 betlar.
[5] Mirziyoyev Sh. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. T.: O‘zbekiston. 2016.B-14.
[6] Tashmetov, T. X. (2020). Yoshlarga bеrilayotgan imkoniyatlarning tarbiyadagi ahamiyati. "Science and Education" Scientific Journal, 1(7), 617-624.
[7] Бжезинский З.“Великая шахматная доска. Госпоство Америки и геостратегическийе императивы”,М., 1998.–C.38.
Комментарии