ОТДЕЛЬНЫЕ ХАРАКТЕРИСТИКИ ОБРАЗОВАНИЯ ВЗРОСЛЫХ И РЕЗУЛЬТАТЫ ОПРОСА ВЗРОСЛЫХ
Аннотация
В данной статье рассматриваются аспекты, которые необходимо учитывать при организации образования взрослых, а также потребности взрослых в обучении на протяжении всей жизни и их образовательные проблемы.
Ключевые слова
образование взрослых, непрерывное образование, гибкость, потребность
Hozirgi kunda katta yoshdagilarni oʻqitish jarayonini tashkil qilishda yangi yondashuvlarga boʻlgan zarurat va kattalar taʼlimi ahamiyatining oʻsib borishi alohida sezilmoqda. Kattalar ta’limi, shu jumladan malaka oshirish jarayonida tinglovchilarni kasbiy rivojlantirish masalalari bilan YUNESKO, YUNESEF, Yevropa universitetlarining Assosatsiyasi, oliy ta’lim sifatini ta’minlash yevropa tarmog‘i kabi tashkilotlar keng shug‘llanmoqda. Ayni shu rivojlangan davlatlar tajribasidan samarali foydalangan holda malaka oshirish tizimida tinglovchilarni kasbiy malakasini rivojlantirishning interfaol texnologiyalaini takomillashtirish, tinglovchilarda kreativ fikrlashni shakllantirish modellarini ishlab chiqish bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi ” toʻgʻrisidagi PF-5712-sonli Farmonida “ Uzluksiz ta’lim tizimi mazmunini sifat jihatdan yangilash, shuningdek, professional kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish; malaka oshirish kurslarida oʻqitish mazmuni va oʻqitish metodikasini takomillashtirish, baholash tizimini qayta koʻrib chiqish; ta’lim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish; pedagogik xodimlarning malaka talablarini shuningdek, yangilangan ta’lim standartlarini joriy etish uchun egallanadigan ko‘nikmalarni aniqlashning yangi usullarini joriy etish” kabi vazifalarni amalga oshirish maqsad qilib qoʻyilgan”.[1]
Mana shu maqsadlarga tayangan holda biz ham attalar ta’limini tashkil qilishda e’tiborga olish kerak bo‘lgan jihatlarini kengroq o‘rganish maqsadida: Toshkent shahar hududiy MO tinglovchilari orasida “Katta yoshli insonlarning umr bo‘yi o‘qib –o‘rganishga bo‘lgan ehtiyojini hamda ta’lim olishlaridagi muammolarni aniqlash”ga qaratilgan so‘rovnoma olindi. Shu o‘rinda so‘rovnoma natijalariga e’tibor berish o‘rinli bo‘ladi. Toshkent shahar hududiy MO tinglovchilaridan so‘rovnomani o‘tkazish jarayonida umumiy 50 ta kishi ishtirok etib, ularning yosh tarkibi 1 – jadvalda keltirilgan.
Jami: | Shundan: | ||||
20-30 yoshdagilar | 31-40 yoshdagilar | 41-50 yoshdagilar | 51-60 yoshdagilar | 61-70 Yoshdagilar | |
50 | 6ta | 11ta | 15ta | 15ta | 3ta |
100% | 12% | 22% | 30% | 30% | 6% |
1 – jadval
1-jadval ma’lumotlari shuni ko‘rsatadiki. Respondentlar soni talab etiladigan darajada bo‘lib, undagi olinadigan ma’lumotlar ishonchlilik darajasining yuqori bo‘lishini ta’minlaydi. Respondentlarning asosiy qismini 41-50 yoshdagilar (30% ni) va 51-60 yoshdagilar (30% ni) tashkil etadi.
Endi esa quyidagi so‘rovnoma savollarining natijalari bilan tanishib chiqamiz.
1-diagramma

Yuqoridagi diagrammada ko‘rinib turibdiki, katta yoshli insonlar uzluksiz ta’lim olishlariga asosiy sabab qilib, rivojlanmoqchi ekanliklarini ko‘rsatganlar va bu ko‘rsatkich eng yuqori 89% ni tashkil qildi. Yaxshi ish kerak deganlar 4%ni, majbur bo‘ldim deb tanlaganlar ham 4%ni va bu meni qiziqtiradi deganlar esa 3 % ni tashkil qildi. Bundan ko‘rinib turibdiki, kattalar ham rivojlanish uchun o‘z ustilarida ishlashga harakat qilishmoqda.(1-diagramma)
Sir emaski, hozirgi zamonda deyarli hamma internet vositalaridan foydalangan holda ma’lumotlarga ega bo‘lishadi. Albatta bu vosita orqali har qanday joyda kerakli ma’lumotlarni olish boshqa vositalardan ko‘ra qulayligi bilan ajralib turadi. So‘rovnoma natijalari ham shuni ko‘rsatadiki, internet vositalaridan foydalanadiganlar soni eng yuqori 36% ko‘rsatkich bilan ustunlik qilmoqda. Respondentlarning 31% kitob, 21%i televideniya, 7%i gazeta va 5%i jurnal vositalaridan foydalanishlarini ko‘rsatganlar.(1-gistogramma)
2-diagramma

Bu hayotda olg‘a qadam tashlash va muvaffaqiyatga erishish uchun yosh bo‘ladimi kattami barchaga motivatsiya kerak bo‘ladi. Shundan kelib chiqib, Keyingi, katta yoshli insonlarga motivatsiya kerakmi degan savolimizga barcha respondentlar bir ovozdan albatta kerak deb fikr bildirganlar.
Kattalar ham hayoti davomida o‘qishlari va yangiliklardan xabardor bo‘lishlari kerak. Lekin ba’zan shunday holatlar, omillar sabab bo‘ladiki, ana shunday holat yoki omillar ularning o‘qib-o‘rganishlariga to‘sqinlik qilishi mumkin. Shu sababli, ularning fikrlarini bilish maqsadida “Kattalarning o‘qishlari uchun qanday omillar to‘sqinlik qiladi”? degan savolimizga quyidagi javoblarni berishgan. Respondentlarning 18% i mablag‘, 19% i vaqt, 8% i xohish yo‘qligi, 25%i oilaviy sharoit va eng yuqori 30% ko‘rsatkich bilan zamonaviy texnologiyalarni bilmaslikni sabab qilib ko‘rsatmoqdalar.
4-diagramma

Diagrammadan ma’lumki, “Kattalar nima uchun o‘qiydilar” degan savolga respondentlarning 43%i zamon talabi, 8%i majburlikdan, 3%i yangi kasb o‘rganish uchun, 16%i shaxsiy daromadini oshirish uchun va 30 % i qiziqishlarining yuqoriligi sababli degan variantlarni tanlaganlar. Bundan ko‘rinib turibtiki, kattalar ham zamon bilan hamnafas yurishga harakat qilmoqdalar hamda eng quvonarlisi kattalar orasida ham yangi bilimlarni olishdan qo‘rqmay qiziqishlari tomonga borishlari bu juda yaxshi natija.(4-diagramma).
5-diagramma

Kasbiy rivojlanish uchun qaysi vaqt qulay degan savolga quyidagi javoblarni oldik. Respondentlarning 10% i kechqurun, 6%i dam olish kunlari, 24%i vaqtning farq yo‘q deb belgilashgan bo‘lsa, eng yuqori 60% ko‘rsatkich bilan ertalab degan javob varianti barchasidan ustunlik qilmoqda. Demak kattalar uchun qo‘shimcha ta’limni tashkil qilishda asosan ertalabki vaqtni tanlash samarali bo‘ladi.(5-diagramma).
6-diagramma.

Diagrammada ko‘rinib turibtiki, katta yoshli insonlarning 70%i an’anaviy ta’lim olishni afzal ko‘rganlar. Shuningdek Mustaqil ta’lim olaman deb javob berganlar 18% ni, masofaviy ta’lim olaman deb javob berganlar esa 12% ni tashkil qilgan. Bundan shuni xulosa qilishimiz mumkinki, katta yoshli insonlar asosan an’anaviy o‘qib- o‘rganishni ma’qul ko‘rmoqdalar. (6-diagramma)
7-diagramma.

Kattalarning o‘z ustida ishlashi uchun doimo vaqti bo‘lavermaydi. albatta bizga kattalarning har kuni o‘z ustida ishlash uchun qancha vaqt sarflashlariga qiziqdik va diagrammada buning natijasini berdik. Har kuni o‘z ustida ishlash uchun 1-2 soat vaqt ajratadiganlar 60%ni, 3-4 soat vaqt ajratadiganlar 34%ni, 5-6 soat vaqt sarflaydiganlar 2% ni, vaqt sarflamaydiganlar esa 4%ni tashkil qildi. (7-diagramma).
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki:
Andragogika tushunchasi bizga yaqinda yetib kelganiga qaramay, yurtimizda kattalar ta’limini rivojlantirish bo‘yicha turli hil islohotlar olib borilmoqda. Kattalarning o‘qishni istamaslik eng avvalo, insonning shaxsiy va ijtimoiy maqsadlari bilan qaraganda o‘qish uchun endi kech degan fikr va do‘stlari, qo‘shnilari, qarindoshlari ko‘zi o‘ngida kulgiga qolishdan qo‘rqish bilan izohlanadi. Kattalarni o‘qitish ta’limida noan’anaviy ta’lim metodlari va texnolgiyalarnining samarasi an’anaviy darsning samarasidan ko‘ra ancha sezilarli natijani kasb etadi. Ta’lim sifatini ta’minlashda eng asosiy omillardan biri – malaka oshirish jarayonida tinglovchilarning kasbiy malakasining yuqori darajasini, uning kompetentligini ta’minlash hisoblanib, kasbiy malakaning rivojlanganlik darajasini aniqlash, kichik hajmdagi topshiriqlar berish orqali o‘z-o‘zini takomillashtirishga qat’iy intilishni qaror toptirish maqsadga muvofiq.
So‘rovnoma natijalaridan kelib chiqqan holda quyidagi takliflarni ilgari surish mumkin:
- Katta yoshli insonlar uchun mo‘ljallangan AKT kurslarini tashkil qilish;
- Kursni muvaffaqiyatli tugatgan ta’lim oluvchiga sertifikatlar taqdim etish;
- AKT ni bilish sertifikatini berish tizimini yo‘lga qo‘yish;
- Malaka oshirish va qo‘shimcha ta’lim beruvchi kurslarini kuchli bilimga ega, teran fikrli, dunyoqarashi keng, kattalar bilan ishlashda ularning xususiyatlarini inobatga oladigan andragog mutaxassislar bilan ta’minlash;
- Andragog mutaxassislarni malakasini xorijiy mamlakatlarda oshirishini ta’minlash;
- Andragogika sohasi bo‘yicha xorijiy mamlakatlar ilg‘or ish tajribalarini o‘rganish va amaliyotga tatbiq etish;
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
- 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi ” toʻgʻrisidagi PF-5712-sonli Farmoni.
- 2. Oʻ.M.Asqarova, M.A.Abdullaeva, M.Boltaeva “Andragogika” Namangan-2014.
- 3. Kатталарни ўқитиш методикаси(ўслубий қўлланма) тошкент-2019
- 4. С.Ачилова. Катталар таълимининг бугунги кунда долзарблиги. Иқтисодиёт ва халқимиз ҳаёт сифатини юксалтиришда хизмат кўрсатиш соҳасини ривожлантиришнинг долзарб муаммолари. Илмий-амалий конференция материаллари. 2015.
[1] O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi ” toʻgʻrisidagi PF-5712-sonli Farmoni
Комментарии