INSON SALOMATLIGIDA JISMONIY TARBIYA VA SPORTNING O‘RNI.
Аннотация
Ushbu maqolada barkamol avlodni voyaga etkazish, shu asosda ijtimoiy munosabatlarni sog'lom turmush tarzining ma'naviy-ahloqiy ta'sirini ilmiy asoslash. Sog'lom turmush tarzini qaror toptirish va uning asosiy-madaniy darajasini yanada oshirish yo`llarini hamda aholini keng qatlamini jismoniy tarbiya va sportga jalb qilishni ilmiy yoritish.
Sog‘lom avlod – sog‘lom millat, sog‘lom jamiyat va taraqqiyot garovidir. Inson uchun eng katta boylik bu sog‘lik hisoblanadi. Jismi va ruhi sog‘lom bo‘lgan odamgina tom ma’noda o‘zini baxtli his eta oladi. Tanu joni og‘rib turgan kishiga dunyoning boyligini taqdim etsangizda ta’timaydi, negaki, uning uchun eng katta baxt va boylik salomatligidir. Inson sog‘lom bo‘lsagina sog‘lom fikrlaydi, go‘zal orzular qiladi va unga intiladi.
Jumladan davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev tomonidan o‘tgan yilgi Prezident saylovida “Inson qadri uchun”, “Davlat – inson uchun” degan g‘oyalarni ilgari surgan edi. Ularni hayotga tatbiq etish maqsadida, aholining fikr va takliflari asosida 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi ishlab chiqildi va ushbu taraqqiyot strategiyasining 5 yoʻnalishi aynan jamiyatda Ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish boʻlsa, 4 yoʻnalishi Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish va inson kapitalini rivojlantirish masalasi qo‘yilgan. Bunda 67-68-maqsadlarida jismoniy tarbiya va sport sohasiga ham alohida to‘xtalib “Jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanadigan aholi sonini 33 foizga etkazish, Olimpiya va Paralimpiya harakatini yanada rivojlantirish” bo‘yicha vazifalari ko‘rsatib o‘tilgan.
Bugun tezlik va o‘ta shiddat bilan o‘zgarib borayotgan dunyoda globallashuv jarayonlarining ijobiy tomonlari bilan bir qatorda uning salbiy oqibatlari ham afsuski hayotimizga kirib kelmoqda. Turli kasalliklar, xatarlardan hayotimizni asrash, ruhan sog‘lom bo‘lish uchun eng avvalo insonlar sport bilan shug‘ullanishsa to‘g‘ri nafas olish jarayoni tiklanadi. Nafas olish inson organizmi uchun muhumdir, chuqur nafas olish esa modda almashinuvi jarayonini faol etakchisi hisoblanadi. Nafas olish oziq moddalarining etakzilishiga yordam beradi hamda vujudimizga quvvat ishlab chiqilishiga ko‘maklashadi. Buning uchun “Aerobeka” mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanish maqsadga muvofiq boʻladi. Bunday mashg‘ulot turlariga suzish, tez yugurish, velosipid haydash va boshqa o‘pkani faol ishlashi hamda tez-tez nafas olishga majburlovchi har qanday mashq turlari bilan doimiy shug‘ullanish kerak. Ammo har qanday mashg‘ulotni bajarishdan oldin avval mushaklarni qizitish kerak, bu esa mashg‘ulotlardan bezib qolmaslik va mushaklar zo‘riqishini olidini olgan bo‘ladi. Maxsus tanlangan jismoniy mashqlardan to‘g‘ri foydalanish, ularni to‘g‘ri miqdorlash shug‘ullanuvchilarning tabiiy, morfologik, funksional rivojlanishini uyg‘unlashtiradi. Bu jarayonlarni tartibga tushirish organizm funksional imkoniyatlarining to‘g‘ri o‘sishini ta’minlaydi. Darhaqiqat, A.Avloniy bobomiz ta’kidlaganidek sog‘lom bola sog‘lom va ahil oilaning mevasidir. Shuningdek, inson salomatligi uchun eng muhim vosita bu badan tarbiyasi – jismoniy sog‘lomlikdir. Dono xalqimiz bejizga “Sog‘ tanda – sog‘lom aql” – deya ta’kidlamagan. Bu ham isbot talab qilmaydigan haqiqat. Ulug‘ tabib, qomusiy olim Abu Ali Ibn Sino bobomiz: “O‘z vaqtida me’yori bilan badantarbiya qilgan odamga dard yaqin yo‘lamaydi. Badantarbiya bilan mashg‘ul bo‘linsa, hech qanday dori-darmonga zarurat qolmaydi, buning uchun muayyan tartibga rioya qilmoq shart. Badantarbiyani tark etgan odam aksari xarob bo‘ladi, zero haraktsiz qolgan a’zolarning quvvati zaiflashadi”, – deb inson salomatligi uchun badantarbiyaning qanchalik muhimligini ko‘rsatib o‘tgan. Sport bilan shug‘ullanadigan kishilar nafaqat jismonan, balki, ma’nan sog‘lom, irodasi mustahkam, sog‘lom fikrlaydigan insonlar sanalishadi. Sport insonning ruhiyatini ham sog‘lom qiladi, hayotning har jabhasida faol va harakatchan bo‘ladi. Qolaversa, sport bilan muntazam shug‘ullanadigan insonlar tartib-intizomga, tozalikka odatlanadi, serharakatligi bois ovqat hazm qilish jarayoni ham unda yaxshi kechadi. Hayot sinovlariga dosh bera oladigan, ruhan kuchli qilib tarbiyalaydi. Shunday ekan har bir kishi o‘z salomatligi haqida qayg‘urishi, albatta sportning qaysidir turi bilan muntazam shug‘allanishi, sportni o‘zining hayotiga aylantirmog‘i lozim.
Ma’lumki, organizmning funktsional zaxiralariga fiziologik, biokimyoviy, sport texnikasi va ruhiy zaxiralar kiradi. Fiziologik adaptatsiya davomida funktsional tizimlarning faoliyati oshadi va shu bois fiziologik zaxiralar ham oʻzgaradi.
Fiziologik adaptatsiya davomida funktsional zaxiralar qoʻyidagilarga boʻlinishi mumkin:
1. Jismoniy sifatlar (kuch, tezlik va chidamlilik)ni rivojlantiradigan zaxiralar;
2. Har xil quvvatdagi (maksimal, submaksimal katta va oʻrtacha) ishlarda ishga tushadigan zaxiralar; 3. Ishga tortilish navbati boʻyicha funktsional zaxiralar uchta guruhga boʻlinadi: a) kundalik hayot faoliyatida ishga tushadigan; b) jismoniy mashq qilish va musobaqalarda ishga tortiladigan zaxiralar; v) organizmning yashash uchun kurashida ishga tushadigan zaxiralar.
Adaptatsiyaning biologik zaxiralari hujayra, toʻqima, uzv, tizim va yaxlit organizm zaxiralariga boʻlinishi mumkin. Hujayra zaxiralari ish bajaradigan strukturalar soni bilan bogʻliq organning kuchlanishida ular soni talab etilgan darajada ortadi. Yuqoriroq darajada tuzilgan organizmning turli organ va tizimlarining funktsional zaxiralari bajariladigan ish hajmining birligi uchun sarflanadigan quvvatning kamayishida, ish shiddati va samarasining ortishida namoyon boʻladi.
Yaxlit organizmning adaptatsiyasi har xil murakkablikdagi harakat vazifalarining bajarilishini ta’minlaydigan yaxlit reaktsiyalar ortishi va atrof muhitning ekstremal sharoitlarida organizmning adaptatsiya qilishida sodir boʻladi.
Qisqacha qilib aytganda, organizmning adaptatsiyasi va uning zaxiralari, organ yoki funktsional sistemalar ishining tinch holatdagiga nisbatan ortish darajasidir. Sportchi organizmining funktsional zaxiralari yuqori quvvatdagi jismoniy ishlarni bajarish paytida u ekstremal (ekologik) sharoitlarga duch kelganda ancha toʻliq namoyon boʻladi. Masalan, sport mashqi bilan shugʻullanishda, musobaqada, yuqori haroratli sharoitda ishlashda, gipoksiyada va hokazo hollarda.
Xulosa o‘rnida aytadigan bo‘lsak, to‘g‘ri ovqatlanish, shaxsiy gigiena qoidalariga va tozalikka rioya qilish, muntazam sport bilan shug‘ullanish har qanday yurak qon tomir kasalliklari va shunga o‘xshash bir qator surunkali kasalliklarni oldi olinadi. Bu esa fanda va tibbiyotda isbotlangan. Shu jumladan har qanday millat yoki avlodning genofondi saqlanib qolishiga olib keladi. Bugunning dolzarb muommosi ham shunda deb hisoblayman. Bu borada doimiy targ‘ibot ishlarini olib borish har qanday sog‘lom insonning burchi bo‘lish kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati:
1. Azizova R.I. “Sport va harakatli o‘yinlarni o‘qitish metodikasi” O‘quv qo‘llanma T.: 2010 yil.
2. Raximqulov K.D. “Milliy harakatli o‘yinlari” O‘quv qo‘llanma T.: 2012 y.
3. Usmonxo‘jayev T.S., Meliyev X.A. va boshqalar. “500 harakatli o‘yinlar” O‘quv qo‘llanma T.: Bekinmachoq-Plyus. 2010 y.
4. Nigmanov B.B, Xo‘jaev F, Raximqulov K.D “Sport o‘yinlari va uni o‘qitish metodikasi” o‘quv qo‘llanma Ilm-Ziyo nashriyoti Toshkent 2011 y.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi vedio seliktori yigʻilishi.
Комментарии