0
3 548
PDF

Воспитание похоти в творчестве Алишера Навои

Аннотация

В данной статье рассматривается трактовка похоти в обычной литературе и его воспитательное значение в творчестве Алишера Навои. Сравнивая нафс с тьмой, поэт показывает своему лирическому герою молитву. Образ похоти в творчестве Навои часто используется в смысле угрызений совести и считает похоть величайшим врагом

Ключевые слова

мистицизм, похоть, Коран, сатана, преходящее, возлюбленный

Tasavvuf va diniy ta’limotga ko‘ra, har narsani bilguvchi, bildirguvchi, yo‘lga soluvchi, yo‘ldan ozdirguvchi ham, foydaga ham, zararga ham yetishtirguvchi, beruvchi va oluvchi ham Ollohdir. Inson bu dunyoda ko‘ngilni Ollohga bag‘ishlab to‘g‘ri yo‘ldan yursa kifoya. Komillik amallariniga roya qilsa, komillik amallariga yo‘l ochguvchi ham Ollohning o‘zidir. Ammo bu amallarni bajarish insondan bo‘lgani bois ham qaysi yo‘ldan yurmoqlik uning ixtiyoridadir. Har bir yomon amalning boshida nafs turadi. Mumtoz adabiyotda nafs mavzusi inson bilan bog‘liq muhim hayotiylik bo‘lgani sababli ham buyuk ijodkorlar, so‘fiylar asarlarida, tasavvuf g‘oyalarida buy o‘ldan insonni qaytarishga harakat qilinadi. Barcha yaratilgan narsalarning eng yomoni nafsdir. Najmiddin Kubroning “Ko‘nglim ko‘zi bilan ko‘rganlarim” asarida shunday deyiladi: 

“Dunyo va uning bezaklari, havas va shayton, hamda ularga bog‘liq bo‘lgan narsalardan uning ko‘p yordamchilari bo‘lib, har bir yordamchisining dunyoviy hayotni bezatuvchi narsalardan lashkarlari va xizmatchilari bor. Misol suratda ko‘p yemoq, ko‘p uxlamoq, ko‘p kulmoq, oshiqlik qissalarini tinglamoq, dunyoni sevmoq, boylikni tanlamoq, takabburlik, hasad, g‘iybat, yomonlik bilan shug‘ullanmoq, ichimliklar ichib gunohga qo‘l urish, turli o‘yinlarga berilib, foydasiz ishlarga urinish, mol-mulk yig‘ib istaklar va orzular ipini cho‘zish, yomonlikka buyurib, yaxshiliqdan voz kechtirish, istak-havas va surur (xursandchilik), imorat va tijorat (uy-joy qurish va savdo)ga ko‘ngil bog‘lab yomonni yaxshilash; boshqalar sir-asrorlarini fosh etish, chegaradan (axloq va odob chegarasidan) chiqish, botildan yordam so‘rab haqni inkor etish, dunyoparastlarga hurmat bildirib, oxirat ahdini haqorat qilish, shular jumlasidandir”.

Inson o‘z nafsini butun umr tarbiya qilishi lozim. Alisher Navoiy asarlarida ham bu g‘oya asosiy o‘rinda turadi. 

Gadoi maykadai ishq boshu shohi kun,

Maxoh xostai nafsu harchi xohi kun.

(Ishq mayxonasining gadosi bo‘lu, podshohlik qil!

Nima istasang qilu, nafsingning so‘ziga kirma!)

Bu misralarda davat ruhi yetakchilik qiladi. “Quroni karim” manbasidagi yoki mumtoz adabiyot na’munalari Yassaviy ijodiga, Kubro, Rumiy asarlariga murojaat qilsak ham xuddi shunday uslubning yetakchilik qilishini sezamiz. Misralarda “Ishq” Olloh timsolidir. Olloh dargohiga yetish – ishq mayxonasining gadosi bo‘lish va shu gadolik – barcha istaklardan voz kecha olgan toza iymon insonni podsholik darajasiga, yani Ollohga yetishga, o‘zini anglashga olib boradi. Bu yo‘lda esa eng asosiy ish faqatgina nafsning yo‘liga kirmaslik. Xolos. Biz yuqorida takidlagan barcha narsalarning eng yomon nafs ekanligini Navoiy tilidagi “nima qilsang ham nafsning yo‘liga kirma!” undovi orqali yana bir bor anglaymiz. Nafs va aql bir-biriga dushmandir. Aql ibodatga yetaklagan payt ko‘z-u ko‘ngil unga ergashadi. Agar ko‘z-u ko‘ngil nafsning domida qolsa zulmatda yo‘lsiz qoladi. Uni poklashning birdan-bir yo‘li esa chin ibodatdir. Navoiy quyidagi misralarida aynan shu ma’noni nazarda tutgan:

Zn nafsi tira, ilohi, chu nest roh ba tu,

Juz in chi chora, ki oram az o‘ panoh ba tu?

(Tangrim, zulmat nafs jihatidan senga borishga yo‘l topolmagach,

u badnafsdan panohingga sig‘inishdan boshqa nima choram bor?)

Nafsni zulmatga qiyoslagan shoir o‘z lirik qahramoniga ibodatni chora qilib ko‘rsatadi. Navoiy asarlaridagi nafs obrazi, ko‘pincha, insonni malomatga qo‘yuvchi vijdon azobi ma’nosida qo‘llaniladi va nafsni eng katta dushman sanaydi:

Bo‘lub nafsingg‘a tobiʼ, band etarsen tushsa dushmanni, 

Sanga yo‘q nafsdek dushman, qila olsang ani qil band.

Ishq yo‘lida nafs yo‘ldan ozdirguvchidir. Uni tarbiya qilmaguncha ko‘ngil poklanmaydi:

Desang, bu yo‘lda o‘lay, nafsni burun o‘ltur, 

Ki ishq sharʼida go‘yo bu navʼ keldi qisos.

“Lison ut-tayr” g‘oyalarida ham Fano vodiysiga yetish bosqichlari, aslida o‘z nafsini yengish kurashlaridir. 

Asarning ikkinchi bobida tavba zikri bayon etiladi:

Yuz havo boshimg‘a solib nafsi shum

Xayli shayton aylabon har yon hujum

Bunda foniy inson holati tasvirini ko‘rishimiz mumkin. Shum nafs boshga har baloni soladi va nafs bor joyda shayton to‘dalari har yondan hujum qiladi. 

Nafsni yengish yo‘lidagi riyozatga Hudhud tomonidan yetaklanadi. Hudhudning barcha qushlarni yo‘lga da’vat qilishdan maqsadi ham quyidagicha bayon qilingan:

Bo‘lg‘osiz sirru riyozat voqifi,

Shoh birla nafsingizning orifi.

Yo‘l davomida har bir qush uzriga aytgan sabablari ham barchasining havoyi nafsga berilib yashaganligini isbot qiladi. Masalan, bulbul uzriga berilgan Hudhud javobi:

Sen kibi olamda nodon bo‘lmag‘ay,

Nafsqa ma’muri farmon bo‘lmag‘ay. 

Kabutar uzriga Hudhud javobi:

Tog‘ aro dersenki tuttum inzivo,

Inzivo ermas ul nafsu havo

Bu misralarda tog‘da o‘z tinchligi, xurramligi, ayshi ila yashagn kabutarning qanoat va taqvo uchun emas, atrofidagi tayyor ne’matlardan kecholmaganini nafsga berilishligini anglaymiz. 

Bir qushga aytilgan hikoyatda esa:

Tolibi solikka illatlar bo‘lur,

Nafs xaylidin mazallatlar bo‘lur. 

Ko‘rib turganimizdek, inson vujudidagi nafsi havoni yengmasa Ollohga tomon borolmaydi. Nafs har vujudda voqifdir, ammo undan keladigan zalolatlarga yo‘l qo‘ymaslik lozim. Havoyi nafsdan poklangan ishqda oshiqqa bu dunyo ne’matlarining qizig‘i qolmaydi. Buni quyidagi g‘azal misralari isbotida ham ko‘rishimiz mumkin:

Ishq agar bo‘lsa havoyi nafsdin pok, ey ko‘ngul,

Yo‘q tafovut dilbaring gar beka bo‘lsin gar mirak.

Yoki Navoiyning quyidagi misralariga e’tibor bersak:

“To hirsu havas xirmani barbod o‘lmas,  

To nafsu havo qasri baraftod o‘lmas. 

Toki nafsni tarbiya qilmaguncha komillik maqomiga erishib bo‘lmasligining guvohi bo‘lamiz. Nafs shunday gunohdirki, u mudom o‘ziga tortadi va ishrat mayini quygani quygan. 

“Nafskim, ul ayshini mudom istagay,

Sanga gunoh o‘ziga kom istagay. 

Navoiy nafsni ilonga tashbeh qiladi va u chaqib ziyon yetkazmasligi uchun inson o‘zini ehtiyot qilmog‘i lozimligini uqtiradi. Navoiyning “Nazm ul-javoxir” asarida ham nafsni yengish, nafs hiylalari oqibatlari, komillikka erishshish g‘oyalari bayon qilingan tarjima bitiklar ko‘p uchraydi. Bu bitmishlar tufayli Navoiyning tasavvufona qarashlarini bilib olishimiz mumkin.

U nafsini yenga olgan, Ollohga itoatgo‘y “faqr-u fano”lardan (“Toki Foniy bu o‘tkinchi dunyog‘a mansub ekan, uning siyratini faqru fano tariqida tutgil”) bo‘lmoqni istar edi. shu sababli ham qanday insonga rahmat va la’nat yog‘ilishini aytdilar, nafsning ko‘rinishlaridan biri “dahr dinori-yu gavhar”ga qul bo‘lgan yoki ko‘nglini hamisha ulardan ozoda tutolgan insonni vasf etdilar :

(9. Lu’ina abdud-dinari va lu’ina abd ul-dirhami) hikmati

Rahmat ozodag‘aki, ul olmas,

Dahr dinori-yu gavharin g‘amga.

Lek la’nat angaki, qul bo‘lgay:

Xoh dinoru xoh dirhamg‘a. 

Haq yo‘liga kirgan inson birinchi navbatda nafsiga o‘lim sharobini tutadi. Hazrati Ali hikmatlari asosidagi Navoiy ruboiyotida ham xuddi shu fikr ilgari tutiladi. Bu fikrlarning Yassaviy ijodi bilan mushtarakligini ham sezishimiz mumkin:

(95. Ro’il-haqqa inda g‘alabotin-nafsi)hikmati

O‘rmoqta mal zar’i fano dosini tut,

Iblis buy o‘lda, aql vasvosini tut,

Haq yo‘lida nafsingga o‘lum kosini tut,

Nafsing g‘alaboti vaqti haq posini tut. 

Nafsdan kechgan insonda saxiylik paydo bo‘ladi. Agar nafs baxillik qilsa komil unga qarshi turmog‘i lozim. Ishq yo‘lida jon chekuvchi nafaqat bu dunyo nematlaridan balki, ruh vasvasalaridan ham ozod bo‘lgan holda Haq qoshiga yetib boradi, bunday axiylikning shartini esa Navoiy shunday izohlaydi:

(40. Jud bimo tajidu sadaq al-amri) hikmati

Maydoni saxo ichra jalolat ko‘rguz,

Topqonni berur amriga odat ko‘rguz,

Buxl aylasa, nafsingga adovat ko‘rguz,

Har nimaiki topilsa, adovat ko‘rguz. 

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, Navoiy komil inson qiyofasini yaratish uchun insonga eng birinchi nafsini yengishi kerakligini o‘z asarlari g‘oyasiga singdirgan va badiiy adabiyotning tarbiyaviylik funksiyasini ijodining eng oldingi shartlaridan biri deb bilgan.

2
0
0

Информация об авторе

ID: 3815056969

Jo'rayeva Muhabbat
  • Страна Узбекистан

  • Специальность Filologiya

  • Учёная степень Ilmiy darajasiz

  • Научное звание Ilmiy unvonsiz

Комментарии

Комментарии

Выберете значение
Комментарии заблокированы администратором

Комментарии могут добавлять только авторизованные пользователи. Войдите Или Зарегистрируйтесь