0
2 476
PDF

ЭФФЕКТИВНЫЕ МЕТОДЫ ОБЕСПЕЧЕНИЯ ИНТЕГРАЦИИ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ЭТАПОВ (в случае дошкольного и начального образования)

Аннотация

В данной статье мы рассматриваем эффективные методы обеспечения преемственности образовательных этапов, действенные методы обеспечения преемственности в дошкольных и начальных образовательных организациях, всестороннего развития обучающихся.

Ключевые слова

Дошкольное образование и начальные учебные заведения, дополнительное образование.

Jahonda bolalarni erta rivojlantirish hamda ularni boshlang‘ich ta’limga sifatli tayyorlash maqsadida ta’lim-tarbiya jarayonlarini samarali boshqarishga alohida e’tibor qaratilmoqda. BMT tomonidan 2030-yilgacha belgilangan barqaror rivojlanish maqsadlarida “o‘qitishning samarali natijalarini ta’minlaydigan yangi sifat bosqichiga ko‘tarish, bolalarni maktabgacha ta’limdan boshlang‘ich ta’limga sifatli tayyor imkoniyatini yaratish”  dolzarb vazifa etib belgilangan.  Xalqaro natijalar maktabgacha ta’lim sohasida davlat va nodavlat sektorini rivojlantirish orqali sog‘lom raqobat muhitini yaratish asosida maktabgacha ta’lim va boshlang‘ich ta’lim uzviyligini ta’minlashning samarali usullarini joriy etish zarurati yuzaga keldi.

Maktabgacha ta’limni uzviyligini ta’minlash va boshqarishning zamonaviy usullarini joriy etish, tarbiya va o‘quv jarayonini takomilashtirish, maktabgacha ta’lim tashkilotlarini yuqori malakali mutaxasislar bilan to‘ldirish, ularning infratuzilmasi va moddiy-texnik jihozlanishini yaxshilash maqsadida O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 16-dekabrdagi “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-sentabrdagi PQ-3261-son “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha chora- tadbirlar to‘g‘risida”gi va 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi Qarorlarii hamda 2017-yil 30-sentabrdagi PF-5198 –son “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Farmoni qabul qilindi.

1. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish ishlarini yanada takomillashtirish, belgilangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga muvofiq holda ovqatlantirishni tashkil etish orqali bolalarning sog‘lom ovqatlantirishning zamonaviy usullarini joriy etgan holda ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratish maqsadida 2019-yil 25-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlantirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 626-son qarori qabul qilindi. Qaror bilan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish tartibi, shuningdek,  unda autsoring usulidan foydalanish tartiblari belgilab berildi. 

2. Uzluksiz ta’limni isloh qilish jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida zaruratga aylandi. Buning uchun milliy istiqlol davrida obyektiv va subyektiv shart-sharoitlar yetildi. Respublikamizning milliy xususiyatlari, umumbashariy talablar, xalqimiz mentalitetiga dahldor omillar hisobga olinib, uzluksiz ta’limning quyidagi islohat yo‘nalishlari, tizimi va turlari belgilanadi.

3. Uzluksiz ta’lim tizimida har tomonlama yetuk, ijodkor shaxsni tarbiyalash, o‘quvchini uzluksiz rivojlantirish uchun ta’lim-tarbiya jarayonining barcha bosqichlarida pedagogik tizimning tarkibiy qismlari o‘zaro aloqadorligi, muvofiqligi hamda istiqbolga yo‘naltirilganligini ta’minlash hamda ularni amalga oshirishning didaktik shart-sharoitlarini aniqlashni taqozo etadi.

4.“Uzluksizlik”-to‘xtovsiz, muntazam davom etuvchi jarayon tushunchasini anglatadi. “Uzluksiz ta’lim”, tushunchasi yuqoridagi fikrga monand-komil shaxs ta’lim-tarbiyasini uzluksiz yo‘lga qo‘yishni anglatadi. Faqat uzluksiz davom etuvchi pedagogik jarayonlardagina barkamol shaxs shakllanishi mumkin. Shaxsni shakllantirmasdan, rivojlanmasdan turib, davlatni ham, jamiyatni ham, rivojlantirish mumkin emas. Uzluksiz ta’lim shaxs kamoloti jarayoniga jadal ta’sir ko‘rsatuvchi eng muhim omildir.

Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limida o‘quvchi shaxsini uzviy rivojlantirish muammolari:

- uzluksiz ta’lim tizimida shakllantirilayotgan bilim va ko‘nikmalar hamda jamiyatning ijtimoiy, fan va texnologiyalar taraqqiyoti darajasi qo‘yadigan talablar o‘rtasidagi nomutanosiblik;

- ta’lim jarayonida o‘quvchilar egallaydigan bilim va ko‘nikmalar hamda mutaxassis sifatida faoliyat ko‘rsatish uchun talab etiladigan kasbiy ko‘nikma va malakalar tarkibi o‘rtasidagi nomuvofiqlik;

- o‘quvchi shaxsini shakllantirishdagi ta’lim va tarbiya maqsadi, mazmuni, metodlari, vositalari, tashkiliy shakllarini o‘zida mujassamlashtiruvchi pedagogik tizimning barcha tarkibiy qismlari o‘zaro aloqadorligi muvofiqligi hamda istiqbolga yo‘naltirilganligi, uzviyligi ta’minlanmaganligi;

- o‘quvchilarda o‘sib borayotgan axborotlar hajmi bilan ishlash, mustaqil tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantirish asosida ular faoliyatini intensivlashtirishning dasturiy va metodik ta’minoti ishlab chiqilmaganligi;

Ta’lim uzluksizligini ta’minlashning bosh g‘oyasi o‘quvchi shaxsining ta’lim sub’ekti sifatida izchil rivojlanib borishi bilan bog‘liq. Kadrlar tayyorlash milliy modelida bu g‘oya rivojlantirilib, shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi sifatida e’tirof etilgan. Respublikamizda amalga oshirilayotgan ta’lim islohotlarida shaxsning rivojlanishi uzluksiz jarayon sifatida qaralib, unda o‘quv jarayonining faqat bilish emas, balki o‘zlashtirilgan bilimlarni ijodiy talqin qilishni nazarda tutuvchi rivojlantiruvchi ta’lim g‘oyalari bilan uyg‘unlashgan. Bu esa axborot berishga asoslangan o‘qitishdan shaxsga yo‘naltirilgan ta’limga, xotiraga asoslangan o‘qitishdan faol o‘zlashtirishga asoslangan o‘qitishga o‘tilishini belgilab berdi.

Maktabgacha ta’limni tashkil etish va unga raxbarlik qilish sohasining metodologik asosini: O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun, Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi, Maktabgacha tarbiya to‘g‘risidagi Kontseptsiya va Nizomda ko‘rsatib berilgan maqsad va vazifalarni tashkil etadi. Maktabgacha tarbiya muassasasi mustaqil ravishda, o‘z tashabbusi bilan o‘z faoliyatiga taalluqli, agar ular qonunchilikka va pedagogik printsiplarga monelik qilmasa, har qanday qaror qabul qilishga haqlidir.

Uzluksiz ta’lim malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo‘lib, ta’limning barcha turlarini, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko‘rsatish muhitini o‘z ichiga oladi;

Uzluksiz ta’lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor sohadir.

Uzluksiz ta’lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy boy shaxs shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar ildam tayyorlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi.

Uzluksiz ta’limning faoliyat ko‘rsatish printsiplari quyidagilardan iborat:

ta’limning ustuvorligi uning rivojlanishining birinchi darajali ahamiyatga ega ekanligi, bilim, ta’lim va yuksak intellektning nufuzi;

Uzluksiz ta’lim sohasidagi islohotlar quyidagilarni nazarda tutadi:

ta’lim tizimining kadrlar salohiyatini tubdan yaxshilash, tarbiyachi, o‘qituvchi, muallim va ilmiy hodimning kasbiy nufuzini oshirish;

davlat va nodavlat ta’lim muassasalarining har xil turlarini rivojlantirish;

ta’lim tizimini tarkibiy jihatdan qayta qurish, ta’lim, fan, texnika va texnologiyaning, iqtisodiyot va madaniyatning jahon miqyosidagi zamonaviy yutuqlarini hisobga olgan holda ta’lim va kasb-hunar ta’limi dasturlarini tubdan o‘zgartirish;

majburiy umumiy o‘rta ta’limdan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga o‘tilishini ta’minlash;

maxsus, kasb-hunar ta’limining markazlari sifatida fan va ishlab chiqarish integratsiyalashgan yangi tipdagi o‘quv muassasalarini vujudga keltirish;

ilg‘or texnologiyalarni keng o‘zlashtirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar, chet el investitsiyalari ko‘lamlarining kengayishi, tadbirkorlik, kichik va xususiy biznesni rivojlantirish bilan bog‘liq yangi kasb-hunar va mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar, shu jumladan boshqaruv tizimi kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;

Uzluksiz ta’limni isloh qilish jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida zaruratga aylandi. Buning uchun milliy istiqlol davrida ob’ektiv va sub’ektiv shart-sharoitlar yetildi. Respublikamizning milliy xususiyatlari, umumbashariy talablar, xalqimiz mintalitetiga dahldor omillar hisobga olinib, uzluksiz ta’limning quyidagi islohat yo‘nalishlar, tizim va turlari belgilandi.

Uzluksiz ta’lim tizimining faoliyat ko‘rsatish tamoyillari quyidagilar:

ta’lim ustuvorligining tan olinishi;

ta’lim olish shaklini tanlash erkinligi;

ta’lim sohasi kamsitishlarga yo‘l qo‘yilmasligi;

ta’lim olishga doir teng imkoniyatlarning ta’minlanishi;

ta’lim va tarbiyaga milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning singdirilganligi;

ta’lim va tarbiyaning insonparvarlik, demokratik xususiyati;

ta’limning uzluksizligi va izchilligi;

o‘n bir yillik ta’limning hamda olti yoshdan yeti yoshgacha bo‘lgan bolalarni bir yil davomida umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashning majburiyligi;

davlat ta’lim standartlarini va davlat  ta’lim talablari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi;

o‘quv dasturlarini tanlashga doir yondashuvning yagonaligi va tabaqalashtirilganligi;

insonning butun hayoti davomida ta’lim olishi;

jamiyatda pedagoglarning ijtimoiy himoya qilishning kafolatlanganligi;

ta’lim tizimining dunyoviy xususiyatlarga egaligi;

bilimlilik, qobilyatlilik va iste’dodning rag‘batlantirilishi;

ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvining uyg‘unligi;

ta’lim faoliyati sohasidagi ochiqlik va shaffoflik;

Uzluksiz ta’lim yo‘nalishlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: ta’lim tizimida kadrlar salohiyatini, pedagoglar kasbiy nufuzini oshirish; davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini rivojlantirish; ta’lim tizimini, ta’lim dasturlarini tubdan qayta qurish; majburiy umumiy o‘rta ta’limdan o‘rta mahsus kasb-hunar ta’limiga o‘tishni ta’minlash; fan va ishlab chiqarish integratsiyalashgan yangi tipdagi o‘quv muassasalarini vujudga keltirish; ilg‘or texnalogiyalarni keng o‘zlashtirish; ta’limning boshqaruv tizimini takomillashtirish; ta’lim olishda xalqaro fondler, xayriyalar, jamoat tashkilotlari rolini kuchaytirish, ta’lim va ilm-fan bilan bog‘liq xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish va boshqalar;

Uzluksiz ta’lim olish shakllari quyidagilardan iborat:

Ishlab chiqarishdan ajralgan holda  ta’lim olish (kunduzgi);

Ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olish (sirtqi, kechki, masofaviy);

Dual ta’lim;

Oilada ta’lim olish va mustaqil ta’lim olish;

Kata yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta’lim berish;

Inklyuziv ta’lim;

Eksternat tartibdagi ta’lim;

Ushbu muammolarni bartaraf etish maqsadida ishchi guruh tomonidan quyidagi natijalarga erishish usullari  maqsad qilingan:

ta’limning har bir bosqichi yakunida XXI asr ko‘nikmalariga ega bo‘ladigan bitiruvchilarga qo‘yiladigan malaka talablarini shakllantirish;

maktabgacha ta’limdan oliy ta’limgacha mantiqiy, tanqidiy fikrlash, amaliy ko‘nikmalarni rivojlantiruvchi va soddalashtirilgan hamda uzviyligi ta’minlangan o‘quv dasturlari, darsliklar, raqamli resurslar yaratish;

o‘quv dasturlariga xalqaro tadqiqotlar (PISA, PIRLS, TIMSS kabi) savollarining mazmun-mohiyatini singdirish, o‘quvchi, talabalar, o‘qituvchilar uchun aniq va tabiiy fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlari, qo‘llanmalar va darsliklar, metodikalarni bosqichma-bosqich xalqaro talablarga qarab takomillashtirib borish;

o‘qituvchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv dasturlari va O‘MMni modernizatsiya qilish.

Tadqiqot natijalari asosida quyidagi samarali usullar ishlab chiqilgan:

Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim kasbiy standartlar klassifikatsiyasini yo‘lga qo‘yish va pedagog soha ixtisoslik negizida qo‘shimcha kvalifikatsiyalarni yo‘lga qo‘yish (o‘qituvchi bir nechta kvalifikatsiyaga ega bo‘lishi).

MTT mutahasislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari o‘quv mazmuniga maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifatini takomillashtirish va sifatni boshqarishga oid ilmiy nazariy yondashuvlarni kiritish;

Maktabgacha ta’lim va boshlang’ich ta’lim dasturlari va darsliklari o‘rtasidagi uzviylik va uzliksizlikning ta’minlash maqsadida o‘zaro nomutanosiblik masalasini hal etish;

Maktabgacha ta’lim sifatini boshqarishning ijtimoiy-davlat tizimini joriy etish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish.

 

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-3305-sonli Qarori.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-33055-sonli Qarori.

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3955-son Qarori.

4. 24.Adamova O‘K. Maktabgacha ta’lim muassasalarida ma’naviy-axloqiy tarbiyaning o‘ziga xosligi // http://fikr.uz/blog/Fikr maktabgacha ta’lim/7611.html.

5.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlari to‘g risida”gi PQ-3261-sonli Qarori.

6.”Maktabgacha talim muassasalarida talim jarayoninig sifati va samaradorligini takomilashtirish : muammo va yechimlar’’mavzusidagi  respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi  materiallari. -   T,; O‘z PFITI.

0
0
0

Информация об авторе

ID: 5152921329

Mukimova Mehrigul
  • Страна Узбекистан

  • Специальность Pedagogika

  • Учёная степень Ilmiy darajasiz

  • Научное звание Ilmiy unvonsiz

Комментарии

Комментарии

Выберете значение
Комментарии заблокированы администратором

Комментарии могут добавлять только авторизованные пользователи. Войдите Или Зарегистрируйтесь