HIGHER PLANTS PATHOGENIC MUSHROOMS
Abstract
Diseases of higher plants are an important pathological process that is closely related to the environment. Low plant immunity to this process, as well as a number of factors, namely abiotic (environmental influences, temperature, soil moisture, precipitation), biotic (pathogenic / parasitic insects, viruses, bacteria and fungal diseases) affects.
Keywords
Fungi, morphological features, petri dish, pathogen, Denau arboretum, micromycetes.
Author
Sodiqova D.G‘., Sh.U.Mardonov, DTPI o‘qituvchilari
Zamburug‘ kasalliklari o‘zining belgilari va qo‘zg‘atuvchi makro- va mikromitset turlariga qarab bir nechta tiplarga bo‘linadi: chirish (oq-chirish, qo‘ng‘ir chirish), turli dog‘lanish va boshqalar.
Yevropa davlatlarining (Angliya, Shotlandiya, Shvetsiya, Daniya, Finlyandiya, Germaniya, Chexiya, Polsha va boshq.) igna va keng bargli o‘rmonlarida Heterobasidion annosum, Armillaria mellea (Basidiomycota), Ophiostoma ulmi, Cryphonectria parasitica, Hymenoscyphus pseudoalbidus kabi boshqa xavfli patogen turlarning keskin tarqalib ketishi natijasida bir necha ming gektardagi Ulmus, Quercus, Pinus, Fraxinus, Fagus o‘rmon daraxtlarining zararlanishi va hatto, qurib qolishiga olib kelgan [3.5; 395–409-b.]. Birgina patogen Heterobasidion annosum zamburug‘ turining o‘zi, Shvesiyadagi Picea va Pinus o‘rmon daraxtlarinizararlashi oqibatida minglab gektardagi o‘rmonlar nobud bo‘lgan. Shuningdek,Rossiya, Ukraina va shimoliy Qozog‘istonning tog‘-o‘rmon, shahar va qishloqlarida tarqalgan daraxt va butalarda chirish hamda dog‘lanish kasalliklarini qo‘zg‘atuvchi patogen turlarning keng tarqalishi oqibatida daraxtlarning qurish holatlari kuzatilgan.
Hozirgi kunga kelib Respublikamizning shimoli-sharqiy qismining (Toshkent viloyati, G‘arbiy Tiyon-shon) tog‘-o‘rmon, manzarali va mevali daraxt va buta o‘simliklarida qo‘ng‘irdog‘, monilioz, parsha, teshiklidog‘, zang, turli chirish va boshqa kasalliklarni keltirib chiqaruvchi patogen zamburug‘larning keng tarqalib borishi kuzatilmoqda [2.8; 193–194-b.], [2.9; 24–25-b.].
Misol tariqasida o‘tgan yillar davomida Toshkent viloyatining madaniy daraxt buta o‘simliklarida chirish, nekroz va qurish kasalliklarini keltirib chiqaruvchi
Cytospora leucostoma, C. rubescens, C. chrysosperma, Diplodia cerasarum,
Phellinus robustus, Phellinus pini, Funalia trogii va boshqa turlar bilan ko‘plab
zararlanishi haqida ma’lumotlar qayd etilgan [2.8; 193–194-b.], [3.7; 20-b.].
Shuningdek, Toshkent shahrining xiyobonlari va Botanika bog‘idagi manzarali va
introduksiya qilingan qimmatbaho daraxt-butalarda (kashtan, archa, qarag‘ay,
magnoloiya, safora, jo‘ka, lola daraxti, kiparis va b.) Phellinus, Nectria, Inonotus,
Cytospora, Diplodia, Ganoderma, Fomes va boshqa turkumlarga kiruvchi patogen
zamburug‘ turlari bilan zararlanayotganligi ma’lum bo‘ldi. Ushbu viloyatning tog‘li mintaqasi bo‘lgan Tiyon-Shon dendroflorasidagi na’mataklarda (Rosa spp.-
Phragmidium spp.) va tollarda (Salix spp.- Melampsora salicina) zang kasalligi;
teraklarda (Populis spp.) parsha (Fusicladium dendriticum, F. radiosum), teshikli
dog‘ (Clasterosporium carpophilum) kasalliklarining keng tarqalib borishi, ayniqsa, iqtisodiy jihatdan muhim bo‘lgan yong‘oq (Juglans regia) o‘simliklarida turli chirish va dog‘lanishni keltirib chiqaruvchi patogen zamburug‘ turlari - Inonotushispidus, Cylindrosporium juglandis, Marssonina juglandis bilan 50-80 % gacha zararlanishi natijasida o‘simliklar hosildorligining kamayishiga va qurib qolishiga olib kelgan [2.22; 21-23-b.].
Surxondaryo viloyatida Yo.S. Solieva [2.36; 21-b.] tomonidan yuksak o‘simliklarda tarqalgan mikromitsetlar o‘rganilgan bo‘lib, daraxt va butalarda 30 dan ortiqroq zamburug‘larning uchrashi haqida ma’lumotlar berilgan. Ammo ushbu keltirilgan ilmiy natijalar Respublikaning janubiy hududi dendroflrorasining patogen zamburug‘lari haqidagi bilimlarni to‘la yoritib bera olmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi qoshidagi “O‘simlik va hayvonot olami genofondi instituti” olimlari tomonidan “Janubiy O‘zbekiston dendroflorasining pathogen zamburug‘lari va ularning tarqalish xaritasini tuzish” loyihasi ostida Boysun tumani dendroflorasining patogen zamburug‘larini tahlil qilingan va ularning tarqalish xaritasini tuzgan. Tadqiqot natijasida 43 turkumga mansub 90 tur pathogen zamburug‘ o‘rganilgan[2.21; 34-b.].
- Tadqiqotning maqsadi va vazifasi. Surxondaryo vohasi, Denov dendrariysi yuksak o‘simliklari mikobiotasini tur tarkibi va bioekologik xususiyatlari va rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganish asosida kasallik qo‘zg‘atuvchi turlarga qarshi ilmiy asoslangan kurash tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat bo‘lib, quyidagi vazifalarni o‘z ichiga oladi:
- Surxondaryo vohasi, Denov dendrariysi yuksak o‘simliklari tarqalgan mikromisetlarning tur tarkibini aniqlash va zamburug‘larning zamonaviy nomenkulaturasi Mycobank asosida taksanomik tahlil qilish;
- Aniqlangan mikromisetlarining bioekologik xususiyatlarini o‘rganish asosida guruhlarga ajratish va iqtisodiy jihatdan xavfli turlarni aniqlash; aniqlangan mikromisetlarining fasllar bo‘yicha tarqalish qonuniyatlarini o‘rganish;
- Tadqiqot usullari: Ilmiy tadqiqotlarda manzarali daraxt va butalar mikromisetlarini o‘rganish uchun «Metodov ekspyerimentalnoy mikologii» (Kiev, 1982; Kiray i dr., 1974); zamburug‘ turlarini aniqlash uchun mavjud aniqlagichlardan foydalanildi.
- • Zamburug‘larni o‘simliklarning zararlangan a’zolaridan ajratib olish uchun Petri likopchalarda hosil qilingan nam kamyera usulidan foydalanildi. (Naumov, 1937; Kursanov, 1940; 1953; Pidoplichko, 1953, 1977; Xoxryakov, 1969; Kiray, 1974; Kleyn i dr. 1974; Bilay, 1977).
- Ajratib olingan zamburug‘larni morfologik xususiyatlarini o‘rganishda MBI 3, MBI 6, MBI 15 mikroskoplaridan foydalanildi (Roksin, 1967).
- • Patogen zamburug‘larning tarqalishi va zararlash darajasi ham o‘rganildi (Dementyeva, 1977).
- • Olingan natijalarning statistik tahlil qilishda B.A.Dospexov, (1985) usullaridan foydalanildi.
- • Denov dendrariysida bugungi kunda yuksak o‘simliklarning xilma-xil turlari mavjud bo‘lib, ular 68 ta turdan ortiqni tashkil etadi.
- • Yuksak o‘simliklarda uchraydigan mikromisetlarning turlar tarkibi, ularning tarqalishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar yetarli darajada o‘rganilmaganligi sababli, 2019-2021 yillarda fasllar bo‘yicha rejali, mikologik ilmiy safarlar olib borildi.
- Zamburug‘larni zamonaviy klassifikasiya qilishda ularni morfologik, biologik, fiziologik, biokimyoviy, genetik, sitologik va boshqa xususiyatlariga asoslanadi, fitopatogen turlarning esa, birinchi navbatda xo‘jayin o‘simliklarga ixtisoslashishini hisobga oladi. Zamburug‘lar dunyosiga Xitridiomikota, Zigomikota, Askomikota, Bazidiomikota filumlari hamda anamorf zamburug‘lar (eski nomi Deytyeromikota bo‘limi yoki takomillashmagan zamburug‘lar sinfi) guruhiga kiradi. Ilmiy izlanishlarimiz davomida Denov dendrariysida kasallik belgilariga ega bo‘lgan, 9 oila, 17 turkumiga mansub 36 tur yuksak o‘simliklarga mansub gyerbariy namunalari keltirildi.
- Keltirilgan gyerbariy namunalarini mikologik tahlil qilindi. Olib borilgan tadqiqotlar asosida 2 ta bo‘lim, 6 ta sinf, 10 ta tartib, 15 ta oila, 24 ta turkumga mansub 54 tur mikromiset turlari aniqlandi
- Aniqlangan umumiy zamburug‘larning eng ko‘pchiligi Ascomycota bo‘limiga mansub bo‘lib, ular 49 ta turni tashkil qiladi. Ular tadqiq etilayotgan hududda jami aniqlangan zamburug‘larning 90,7% ni tashkil qildi, keyingi o‘rinda Basidiomycota bo‘limi vakillari bo‘lib, 5 tur umumiy mikobiotaning 9,3% ni tashkil qildi.
- Olingan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, Ascomycota bo‘limining Dothideomycetes sinfi soni jihatdan yetakchilik qildi. Bu sinf turlarining deyarli ko‘pchiligi patogen zamburug‘lar bo‘lib, ular o‘simliklarda turli xil dog‘lanish kasalliklarini qo‘zg‘atadi.
- Ilmiy izlanishlarimiz natijasida Dothideomycetes sinfi 3 tartib, 7 oila 12 turkumga mansub 34 turdan iborat ekanligi aniqlandi. Keyingi o‘rinda esa Leotiomycetes sinfi 3 tartib, 3 oila, 7 turkum, 10 tur va 2 ta formani, Eurotiomycetes, Lecanoromycetes, Taphrinomycetes sinflar faqat 1 ta tartib, 1 oila, 1 turkum, 1 turlarni tashkil qilishi aniqlandi.
- Tadqiqotlar davomida eng ko‘p tarqalgan turlar Dothideomycetes sinfiga mansub Pleosporales tartibi – 49 tur uchrashi qayd etildi. Botryosphaeriales – 20 tur, 3 turkum, Capnodiales – 16 tur, 6 turkum, Diaporthales – 12 tur, 3 turkum, Erysiphales – 9 tur, 5 turkum, tur, Rhytismatales – 3tur, 2 turkum, Hypocreales – 2 tur, 2 turkum, Helotiales – 2 tur, 1 turkum, Lecanorales – 1tur, 1 turkum, Pyrenulales – 1 tur, 1 turkum, Taphrinales – 1 tur, 1 turkum uchrashi aniqlandi.
Oilalarda turlarning o‘rtacha soni 3,6 dan ortiq, turkumlar o‘rtacha soni 2,2 ga teng. 2 oilada turlarning o‘rtacha sonidan yuqori. Bu oilalar mikromisetlarni yetakchi oilalari hisoblanib, 20 ta turini o‘z ichiga oladi 37,0 %ni tashkil qiladi, qolgan 13 ta oila o‘zida 34,0 ta turni biriktirib yoki umumiy aniqlangan mikromisetlarni, ular umumiy 62,0% ni tashkil etadi.
O‘simliklar mikobiotasi ma’lum bir mintaqaning biologik xilma-xilligiga ta’sir qiluvchi eng muhim omillardan biri bo‘lib hisoblanadi. Hozirgi ekologik sharoitda, antropogen omillarning ekotizimga ta’siri yildan-yilga ortib borayotgan bir davrda, saprotrof zamburug‘ vakillarining parazitlik xususiyati kuchayib bormoqda. Bu jarayon zamburug‘ning yangi shakllari hosil bo‘lishiga va fitopatogen xususiyatlarini o‘zgarishiga sabab bo‘lmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1. Flora gribov Uzbekistana. – Tashkent.: Fan, Ilmiy to‘plam. 1983-1997, T.I-VIII.
2. Iminova M.M., Mustafaev I.M., Teshaboeva Sh.A. Toshkent Botanika
bog‘i daraxt va butalarining fitopatogen zamburug‘lari // Bioxilmaxillik, o‘simlik
va hayvonot genofondini saqlash va ulardan samarali foydalanish. Respublika
ilmiy anjuman materiallari. – Toshkent: 2014. – B. 21-23.
3. Nuraliyev Х.Х. Mikromiseti sosudistix rasteniy Kashkadarinskoy oblasti: Avtoref. dis. … kand. biol. nauk. – Tashkent, 1998. – 18 s.
4. Sodiqova D.G‘., Nuraliyev X.X. Surxondaryo vohasi Denov dendrariysi Xorazm Ma’mun akademiyasi axborotnomasi. – 2021-1 sonli. 64-71 b.
Comments