0
3 275
PDF

ORGANIZATIONAL-STRUCTURAL MODEL OF FORMATION OF INFORMATION CULTURE OF FUTURE TEACHERS

Abstract

This article discusses the theoretical and methodological foundations of teaching the meaning of phrases to primary school students. The article can be used by prospective primary school teachers and existing primary school teachers.

Keywords

Dictionary, phrase, lexicon, stylistics, consumption, speech, phonetics, grammar, speeling, methodology, advice, phrase, phraseological dictionary, methods, phraseological material.

Maktabda ona tili og‘zaki va yozma nutqni biladigan, til unsurlaridan o‘rinli foydalana oladigan, tom ma’nodagi savodli o‘quvchilarni tayyorlashni ta’minlaydigan vosita tarzida o‘rgatiladi. Ona tilini yaxshi bilish, mamlakatning siyosiy, madaniy-ma’rifiy, mafkuraviy, xo‘jalik hayotida faol ishtirok etishga yordam beradi. Turli maqsadlarga erishishda vosita hisoblanadi.

O‘zbek tili lug‘ati tarkibi jihatidan juda boy va rang-barangdir. Tilimizda mustaqil leksik ma’noga ega bo‘lgan alohida so‘zlardan tashqari leksik ma’no ifodalaydigan turg‘un birikmalar-iboralar ham mavjud. Ularning ma’nolari tarkibidagi so‘zlarning yaxlit ma’nosi asosida yuzaga keladi va inson xotirasida bir butun va tayyor holda saqlanib, boshqa birikmalar bilan xuddi alohida so‘z kabi munosabatda bo‘ladi. 

Iboralar ham tilda aloqa-aralashuv, fikr almashuv vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Shu bilan birga iboralar tilning leksik va stilistik imkoniyati, boyligini ko‘rsatuvchi sohasi hamdir. Shu ma’noda so‘zlar kabi iboralarni ham o‘rganish, o‘ziga xos tomonlarini, nutqdagi faoliyatini, emotsional-ekspressiv vazifalarni o‘quvchilarga yetkazish muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Biroq iboralarni o‘zlashtirish boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun bir muncha qiyinchilik tug‘diradi. Chunki iboralarning o‘zi to‘g‘risida nazariy ma’lumot berilmaydi, lekin boshlang‘ich sinf o‘qish va ona tili darsliklari matnlarida juda ko‘plab iboralar uchraydi. Albatta, dars berish davomida iboralar ustida maxsus ish olib borilmoqda, yani berilgan lug‘atlarda ayrim iboralar izohi berilgan. Ammo bu ish hamma vaqt ham zarur natijalarni bermoqda deb bo‘lmaydi. O‘rta maktabni bitirib chiqayotgan o‘quvchilar yetarli iboraviy birliklar boyligiga ega bo‘lmayotirlar. Buning sababi shundaki, iboralarni o‘rganish tizimi hali maqsadga bo‘ysundirilgan va qat’iy ishlab chiqilgan tizim darajasiga aylangan emas. Iste’molda ko‘p qo‘llanadigan hamda kam qo‘llanadigan, ya’ni nisbatan bir muncha qiyin ma’noli va sodda ko‘rinishli iboralarni o‘rgatishga bir xil vaqt sarflanishi, iboralarga doir mashqlarni o‘rganish xususiyati e’tiborga olinmaganligi iboralarni o‘rganishda qiyinchiliklar tug‘dirmoqda.

Nutqni egallash jarayoni bola tafakkurining o‘sishi bilan chambarchas bog‘liq holda yuz beradi. O‘quvchi o‘z fikrini ifoda etishda til unsurlari(elementlari)ni o‘zlashtirish davomida atrof-olamni his qila boshlaydi, borliqni  bilib oladi. Bola ongida til vositalari yordamida aks ettirgan tushunchalar shakllana boradi. Bu holat  bolaning faqat ona tilida fikrlashi, idrok etishi asosida ro‘y beradi. O‘quvchi aloqa-aralashuv davomida til unsurlarini egallay borar ekan, ular tilning murakkab hodisalariga duch kela boshlaydi. O‘quvchilar til hodisalarining shakli va mazmuni haqida mulohazalar yurita boshlaydi. Tilning, xususan, o‘zbek tilining shunday tushunchalari mavjudki, ular alohida usullar asosida o‘rgatishni talab etadi. Nutq ko‘rki — iboralar nafaqat murakkab til hodisasi, balki o‘rganilishi ham murakkabligi bilan ajralib turadi.

Boshlang‘ich sinflar ona tili o‘qitish metodikasida fonetika, leksika, grammatikani o‘qitish usullari haqida ko‘plab ilmiy mulohazalar, tavsiyalar, ko‘rsatmalar yaratildi va yaratilmoqda. Ammo iboralarni o‘qitishning usullari haqidagi tavsiyalar yetarli emas. Ona tili o‘qitish metodikasida iboralar o‘quvchilarning nutq malakalarini o‘stirish nuqtai nazaridan o‘rganiladi. Asosiy e’tibor nutqiy faoliyatni kuchaytirish tizimining noyob boyligi bo‘lgan iboralarni mumkin qadar ko‘proq nutq iste’moliga kiritish malakasiga qaratiladi.

Iboralar juda murakkab va ko‘p qirrali hodisadir. Har bir ibora muayyan hajmdagi ma’noga, shaklga va qo‘llanish imkoniyatiga ega va ularning  shakli ham o‘zgacha. Iboraning shakli deyilganda, uning fonetik, orfografik qurilish tarkibi va grammatik shakllari tushuniladi. Leksemaga qaraganda, iboralar ma’nolarining hajmi, ko‘p ma’noliligi bilan farqlanadi. Bu kabi holatlar iboralarni nutqqa olib kirishni qiyinlashtiradi. Aksariyat o‘quvchilar mumkin qadar ularni o‘z nutqida qo‘llamaslikka harakat qiladi. Sabab shundaki, o‘quvchilar iboralarning ma’nolarini hamma vaqt ham tushunib yetmaydi, ularning ma’nolarini fahmlay olmaydi. Bu esa iboralarni nutqdan chiqarib tashlash evaziga oddiy, sodda, qashshoq gapirishga undaydi. Shu ma’noda iboralarni o‘qitish va o‘rganishning optimal metodikasini yaratish lozim.

Fikrimizcha ular quyidagilardir: 1) frazeologik material tanlash; 2) faol va nofaol frazemik lug‘at tarkibini yaratish; 3) frazemalarni izohlash usullarini yaratish; 4) frazemalarni mustahkamlash va esda qoldirishga yordam beradigan mashqlar tizimini  yaratish va hokazo.

 

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. 1. Davlat ta’lim standarti.  - T.: “O‘qituvchi”. 2017
  2. 2. G‘afforova T., Nurillayeva Sh., Mirzahakimova Z., O‘qish kitobi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 2–sinfi uchun darslik. – T.: O‘qituvchi. 2016.
  3. 3. Mamatov A. O‘zbek tili frazeologizmlarining shakllanishi masalalari: Filol.fan.d-ri.diss...avtoref. – Toshkent, 2000. – 56 b.
  4. 4. Boltayeva, B. (2020). Boshlang‘ich sinflarda tayanch kompetensiyalarni shakllantirish. Arxiv Nauchnыx Publikatsiy JSPI, 1(40).izvlecheno ot https://science.i-edu.uz/index.php/archive_jspi/article/view/5668

 

 

 

 

 

 

 

 

 

1
0
0

Information about the author

ID: 1518400563

Abdullayeva Durdona
  • Country Uzbekistan

  • Speciality Pedagogika

  • Academic degree Ilmiy darajasiz

  • Scientific title Ilmiy unvonsiz

Comments

Comments

Choose a value
Comments are blocked by the administrator

Comments can only be added by authorized users. Sign in Or Register