0
4 617
PDF

Author

Sabirova Nilufar Tairdjanovna. Toshkent shaxri, Mirobod tumani, 94-maktab o‘zbek tili o‘qituvchisi

Barchamizga ma’lumki, bugun biz komyuter texnologiyalari rivojlanib borayotgan davrning ayni cho‘qqisidamiz desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Sababi, kompyuterdan foydalish har bir sohaning asosiy talabiga aylanib bormoqda: biznes, marketing, ish yuritish, mashinasozlik va hattoki, o‘qitishda ham kompyuter texnologiyalaridan boxabar bo‘lish davr talabidir. 

   Dars jarayonida o‘qituvchi mavzuni tushuntirish davomida multimedia vositalari (slayd, audiomatn va shu kabilar)dan foydalansa, o‘quvchining o‘tilayotgan mavzuni tezroq tushunib olishiga yordam beradi, bu ilmiy jihatdan ham o‘z tasdig‘ini topgan, ya’ni multimedia vositalari yordamida o‘tilgan dars boshqa darslarga nisbatan tezroq yodda qoladi.

  Hozirda til o‘qitishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish amalda keng tatbiq qilinmoqda, ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda, xususan, o‘zbek tilini o‘qitish jarayonida til sathlari haqida ma’lumot berishda (fonetik-fonologik sath, leksik-semantik sath, grammatik sath) kompyuterdan foydalanish o‘quv jarayonining yanada tushunarli bo‘lishiga yordam bermoqda. Bundan tashqari, ushbu fan yuzasidan olingan bilimlarni kompyuter dasturidagi turli testlar, topshiriqlar yordamida tekshirish o‘qituvchi ish faoliyatini birmuncha yengillashtiradi, sababi, topshiriqni tekshirishga ketgan vaqt, uning qog‘oz variantini tayyorlashga ketgan miqdor dars jarayoniga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘zbek tilidagi tatbiqini yanada oshirish uchun kompyuter dasturlarining o‘zbek tilidagi tadbilini ishlab chiqish lozim, bunda kompyuter lingvistikasi fan tarmog‘ining tarjima yo‘nalishi yordam beradi. Masalan, Microsoft Word dasturining o‘zbek tilidagi talqini tarjimonlar hamda dasturchilar hamkorligida ishlab chiqilsa, nur ustida a’lo nur bo‘lar edi. 

Tilning leksik-semantik sathi bugungi kundagi doimiy o‘zgarib turuvchi sath hisoblanadi. Ushbu sathdagi barcha so‘zlarning izohini berib boruvchi, doimiy yangilanib turuvchi dastur yaratilsa, ayni muddao bo‘ladi, sababi, davr ana shunday dasturiy lug‘atga muhtoj. 

Tildagi ma’nodosh, shakldosh, uyadosh, zid ma’noli  so‘zlar, paronimlar, so‘zlarning kelib chiqish tarixiga oid til korpusi yaratilsa, tilshunoslar ishi ancha yengillashadi: har bir so‘zning kichik jihatlariga qadar izlab topish, uning mohiyati, lug‘aviy ma’nosini aniqlash bir qadar vaqt, mehnat talab qiladi. Ammo bu kompyuter dasturiga aylantirilsa, ishning soddalashishiga yordam beradi. Termiz davlat universiteti professor-o‘qituvchilari Asqar Eshmo‘minov, Shohista Maxmarayimovalar tomonidan yaratilgan “Til sinonimlarining korpusi” tilshunoslarga anchayin qulaylik yaratib berdi.

Aytish joizki, kompyuter texnologiyalari yordamida tildagi qo‘shma gaplar, so‘z yasalishi, so‘z birikmasi kabilarning tuzilish qolipini tahlillash o‘zbek tilinining mohiyatini yanada tushunarliroq qilib yoritib berishga xizmat qiladi, aytish joizki, so‘z birikmasinining mavjud 18 qolipi yordamida kompyuterda dasturiy ta’minot tuzilsa, ushbu dasturiy ta’minot yordamida gaplardagi so‘z birikmalarini (ularning qoliplari asosida) juda oson va tez ajratib olish mumkin bo‘ladi. Xususan, unga namuna keltiradigan bo‘lsak: 

Ot(qaratqich kelishigi)+ot(egalik qo‘shimchasi, III shaxs, birlik) = so‘z birikmasi - ushbu qolip kompyuter dasturiy ta’minotiga joylangan bo‘lsin deylik. Ushbu qolip gap tarkibidagi so‘z birikmalarini ajratishda asos bo‘ladi. Masalan: Uyning tomidan yomg‘ir yog‘ganligi sababli o‘tgan tomchilar Nodirning boshiga tushar edi. Bu gapni kompyuter dasturiy ta’minoti yuqoridagi qolip asosida quyidagi birikmalarga ajratadi:

   Uyning tomi - ot+ot

   Nodirning boshi - ot+ot

Gap qoliplari ham xuddi shu tarzda olib boriladi, xususan, WPm(Word-ega; predikat-kesim; market-kesimlik qo‘shimchalari) sodda gap qolipini oladigan bo‘lsak, dasturiy ta'minot ushbu qolip asosidagi sodda gaplarni matn tarkibidan ajratib oladi.

So‘z yasalishi qoliplari ham  yasama so‘zlarning yasalish qoliplari sanalib, dasturga ularning kiritilishi AKT ning tildagi mohiyatini ochib beradi:  ot+sifat yasovchi qo‘shimcha=sifat - ushbu qolip sifatning yasalish qolipi hisoblanib, berilgan matndagi sifatlarni ajratib olishda yordam beradi: Komila aqlli, chiroyli, shu bilan birga, tejamkor qiz edi. (aqlli(ot+li); chiroyli (ot+li);tejamkor(ot+kor))

Xulosa sifatida aytishimiz mumkinki, bugungi kunda o‘zbek tilini o‘qitishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish nafaqat fan yutug‘iga aylanadi, balki o‘quvchilar fikrlash tarzini o‘stirib, o‘qituvchi ishining ham yengillashishiga sabab bo‘ladi.

 

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Shayxislamov, N. Z. Umumta’lim maktablarida ona tili fanini    o‘qitishda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish. Science and Education, 1(7), 373-378.

2. Kizi, J. K. G., & Ugli, M. K. S. (2020). Teaching culture as a tool to English Teaching Methodology. Science and Education, 1(3).

1
0
0

Information about the author

ID: 1111111111

Tahriryat
  • Country Uzbekistan

  • Speciality Iqtisodiyot

  • Academic degree Fan doktori (DS)

  • Scientific title Ilmiy unvonsiz

Comments

Comments

Choose a value
Comments are blocked by the administrator

Comments can only be added by authorized users. Sign in Or Register