0
3 209
PDF

Maktablarda ta'lim sifatini baholash va boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish

Abstract

Mazkur maqolada maktablardagi ta’lim sifatini baholash va boshqarish masalalarining zamonaviy va qulay usullari haqida fikr yuritiladi hamda ushbu mexanizmlarni amaliyotga joriy qilish borasida takliflar keltiriladi.

Keywords

ta’lim, boshqaruv, rahbar, mexanizm, metodologiya, muassasa

Maktab ta’lim tizimini boshqarishning samarali mexanizmlarini takomillashtirish o‘sib kelayotgan yosh avlodni ma’naviy-axloqiy va intellektual rivojlantirishni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishning eng muhim sharti hisoblanadi, shuningdek, o‘quv-tarbiya jarayonida ta’limning innovatsion shakllari va usullarini qo‘llashga ko‘maklashadi. Shu bilan bir qatorda, ushbu sohadagi ishlar holatini tanqidiy tahlil qilish maktab ta’limi tizimi  boshqaruvini tashkil etish, davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining (keyingi o‘rinlarda umumta’lim muassasalari deb yuritiladi) faoliyatini amaliy jihatdan muvofiqlashtirish, ularning moddiy-texnik holatini yaxshilash bo‘yicha tadbirlarni moliyalashtirishda bir qator muammolar va kamchiliklar mavjudligi aniqlandi.

Zamonaviy pedagogika fani boshqaruv g‘oyalarini har tomonlama, turli nuqtai nazardan o‘rganishga intilish bilan bir qatorda ularni ta’lim amaliyotiga tatbiq etishning yo‘l-yo‘riqlarini ishlab chiqadi. Bugungi kun pedagogika fanida tizimli yondashuv metodologiyasisiz boshqaruv muammolarining hal etilishini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bunday yondashuvning joriy etilishi boshqaruvda tasodifiy va kutilmagan holatlarning oldini olishga xizmat qiladi. Tizimli yondashuvda ta’lim muassasasi tizim sifatida, ya’ni tashqi muhitda xizmat qilayotgan murakkab tizim sifatida ko‘rib chiqiladi. Bunda uning aloqalari va vositalarining mazmun va mohiyatiga ko‘ra ob’ektni bir butun, ya’ni yaxlit holda tasavvur qilish talab etiladi. Ta’lim muassasasini o‘rganishda alohida xususiyatlarga ega bo‘lgan bir necha qismlarga ajratib, ular o‘rtasidagi aloqalar hamda o‘zaro bog‘liqlik xususiyatlari aniqlanadi, chunki har bir qism yaxlit tizimning o‘zgarishiga o‘z hissasini qo‘shadi.
Kengroq ma’noda tizimli yondashuv - bu falsafa metodologiyasi bilan tabiiy holdagi ilmiy tadqiqotlarning metodlari o‘rtasidagi vaziyatni egallab turuvchi fan, ilmiy bilish nazariyasining metodologik asoslaridir.

Tizimli yondashuv fan sifatida aniq bir yangi tushunchalar bermaydi, lekin obyektni o‘rganishda o‘ziga xos yaxlitlik, umumiylik, universallik, differensiallik kabi tushunchalar asosida mujassamlashtirilgan texnologiyalar, ya’ni tadqiqotning integratsion texnologiyalarini o‘z ichiga oladi. O‘quv-tarbiya jarayoniga boshqaruvning yangi mexanizmlarini va sifat standartlarini joriy etish, jamiyatda o‘qituvchi kasbining nufuzini oshirish, umumta’lim muassasalarining moddiy-texnik holatini yaxshilash orqali maktab ta’limi tizimini yanada takomillashtirish maqsadida: Quyidagilar maktab  ta’limi tizimini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi. Umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’limni sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarish, har tomonlama kamol topgan avlodni tarbiyalash, o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy va intellektual rivojlanishini ta’minlash; Ushbu sohada yagona davlat siyosatini amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Maktab va maktabgacha ta’lim vazirligining (keyingi o‘rinlarda – Vazirlik) muvofiqlashtiruvchi roli va mas’uliyatini kuchaytirish, shuningdek, vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mazkur yo‘nalishdagi vazifalari, funksiyalari va vakolatlarini aniq belgilash va tartibga solish; 
Rahbar va pedagog xodimlarni tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning ilg‘or va shaffof tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini tatbiq etish yo‘li bilan xalq ta’limi tizimida kadrlar siyosatini shakllantirishning zamonaviy tamoyillarini joriy etish; Xalq ta’limi muassasalari xodimlarini moddiy rag‘batlantirishni va ijtimoiy muhofaza qilishni yaxshilash, ularning samarali ishlashi uchun munosib sharoitlarni yaratish; Zarur tashkiliy-huquqiy va texnik-iqtisodiy sharoitlarni yaratish yo‘li bilan umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim sohasida nodavlat xizmatlarni ko‘rsatishga oid faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar (keyingi o‘rinlarda — nodavlat umumta’lim tashkilotlari) tarmog‘ini yanada rivojlantirish, ushbu sohaga davlatxususiy sheriklikning turli shakllarini samarali joriy etish; Maktab ta’limi tizimiga ilg‘or xorijiy tajribani, o‘quv-tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni, shu jumladan ta’lim berishning innovatsion usullarini joriy etish, o‘quv va o‘quv-uslubiy adabiyotlarning yangi avlodini yaratish, fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish; Xalq ta’limi muassasalarini boshqarish tizimiga zamonaviy axborotkommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, shaffof va samarali jamoatchilik nazoratiga erishish, shu jumladan barcha muassasalarning telekommunikatsiya tarmoqlariga ulanishini ta’minlash, barcha foydalanishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar manbasini yaratish, ularning faoliyatini baholashning elektron reyting tizimini joriy etish; Avvalo, ta’lim jarayoni sathlarini ajratib ko‘rsatish, so‘ngra ularning har birida boshqaruv xususiyatlarini aniqlash kerak.
Umuman olganda, ta'lim jarayonini boshqarish uchun to‘liq boshqaruv tsiklidan foydalanish kerak: uning natijalari to‘g‘risida ma’lumot olish, uni tahlil qilish, muammolarni aniqlash va o‘quv jarayonini yanada rivojlantirish maqsadlarini shakllantirish, ularga erishishni rejalashtirish, o‘zlarini va talabalarni tashkil etish (va umuman maktabda - butun maktab jamoasi) rejani amalga oshirish, natijalarni nazorat qilish, tahlil asosida jarayonning o‘zi ham, uni boshqarish ham tartibga solinishi kerak. О‘qitishni boshqarish mohiyatini aniqlash uchun menejmentning barcha jihatlarini birlashtirgan boshqaruv jarayonini tahlil qilishning dastlabki birligini aniqlash kerak. Bunday birlik boshqaruv holati deb ataladi.
Pedagogika nuqtai nazaridan uni tarbiyaviy-pedagogik vaziyat deyish mumkin. Ta’lim-tarbiyaviy vaziyat o‘qituvchi va talaba pedagogik o‘quv faoliyatining subyektlari sifatida faol ishtirok etadigan shart-sharoitlar majmuini birlashtiradi. Ushbu shartlar va sharoitlar to‘plami haqiqiy muhitni (ta’lim va tarbiyaviy vaziyat) tashkil etadi, unda talabaning boshlang‘ich holatidan sifat jihatidan yangisiga o‘tishiga ko‘maklashish uchun unga qanday ta’sir o‘tkazish to‘g‘risida qarorlar qabul qilinadi. Qaror qabul qilish boshqaruv faoliyatining maqsadi bilan bog‘liq va har qanday qarama-qarshilikni bartaraf etishga, muammoni hal qilishga qaratilgan.
Bundan tashqari, maktablarda rahbar faoliyatiga ham alohida e’tibor qaratish lozim. Ta’lim muassasasi rahbarlari boshqaruv faoliyatining asosiy vazifasi ta’lim jarayonini tashkil etishda ijobiy natijalarga erishish uchun jamoada zaruriy sharoitlarni yaratish, raqobatbardosh bitiruvchilar tayyorlash va yaxlit ta’lim tizimini rivojlantirish hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, maktab bilan ta’lim jarayonini o‘zaro bog‘liq holda yaxlit tizim deb hisoblasak, ularni boshqarish ham tizimli xususiyatga ega bo‘lishi kerak. Ta’lim muassasalarining o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil qilishga tizimli yondashuvning mazmun va mohiyatini quyidagi tamoyillar asosida ko‘rishimiz mumkin: Sub’yektlar faoliyatining maqsadga yo‘naltirilganligi; majmuaviylilik - ob’ekt o‘zaro bog‘langan tashkil etuvchi qismlarning majmuasi ekanligi; integrativlik-harakatlanish va rivojlanishga xizmat qiluvchi ichki va tashqi omillarning o‘zaro birligi; o‘zaro bo‘liqlik – ob’yekt alohida bir tizim sifatida va yuqori tartibli yaxlit tizimning tashkil etuvchi qismi sifatida mavjudligi; kommunikativlik - tashqi muhit va boshqa tizimlar bilan o‘zaro ta’sir etish xususiyatlariga ega ekanligi; boshqaruv faoliyatining tizimli ob’yekti sifatida ta’lim muassasasining quyidagi o‘ziga xos xususiyatlari mavjud integrativ sifatlar, alohida olingan tashkil etuvchi qismlardan birortasi ham bunday sifatlarga ega emas; tashkil etuvchi komponentlar, ular maktabning tashkiliy qismlari hisoblanadi; struktura - bu tashkil etuvchi qismlar o‘rtasidagi belgilangan aloqa va munosabatlar; tizimning va uning alohida komponentlarining funksional tavsiflari;
Menejmentning mohiyati va boshqaruv faoliyati bosqichlari to‘g‘risida yuqoridagi tushunchaga asoslanib quyidagi ish ta’rifi taklif etiladi: o‘qitishni boshqarish - bu o‘qituvchi va talabaning o‘zaro yo‘naltirilgan va bir-biriga bog‘liq bo‘lgan o‘zaro ta'siri sharoitida ta'lim va tarbiyaviy vaziyatlarni bashorat qilish, loyihalashtirish, hal etish, ularni rivojlantirish va o‘z-o‘zini rivojlantirishning maqsadga muvofiq yo‘nalishida motivatsiya va aks ettirish vositalarini taqdim etish.

Xulosa, bunga bog‘liq maktab o‘quvchisining ta’limini boshqarish turi boshqaruv harakatlarini amalga oshirishning algoritmik xususiyatiga ko‘ra dasturiy va vaziyatli, boshqaruv harakatlari paydo bo‘lish manbasiga ko‘ra esa buyruqbozlik va refleksiv bo‘lishi mumkin. Ushbu qutbli turlar orasida oraliq mavjud. Ta'limni boshqarish turlarining bunday bo‘linishi, albatta, rasmiy xususiyatga ega. Maktablarda ta’lim sifatini yaxshilashda hamda boshqarishda nafaqat rahbar faoliyatiga, balki boshqa omillarga ham e’tibor qaratilsagina undagi o‘zgarishlarga va rivojlanishlarga erishishimiz mumkin.

 

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Abdurahmonov Q.Yu.Odegov va boshqalar. “Personalli boshqarish”. Toshkent: “Shark”, 1998.

2. Abdurahmonov Q.H.D.N.Raximova va boshqalar. “Davlat xizmati personalini boshqarish”. - Toshkent: “Akademiya”, 2002.

3. Adizova T. M. “Boshqaruv muloqoti”. - Toshkent: Nizomiy nomli TDPU, 2000.

4. Azizxo‘jayeva N.N. “O‘qituvchi mutaxassisligiga tayyorlash texnologiyasi” - Toshkent: Nizomiy nomli TDPU, 2000.

5. “Maktab ichidagi boshqarish: nazariya va amaliyot savollari” Ed. T.I.Shamovoy.- M. 1991.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

0
0
0

Information about the author

ID: 9436916713

Ostonova Xurshidabonu
  • Country Uzbekistan

  • Speciality Biologiya

  • Academic degree Ilmiy darajasiz

  • Scientific title Ilmiy unvonsiz

Comments

Comments

Choose a value
Comments are blocked by the administrator

Comments can only be added by authorized users. Sign in Or Register